Buxoroda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, OzLiDeP viloyat, tuman (shahar) Kengashlari mas’ullari hamda mutasaddi tashkilot va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Hamidov olib bordi.

Kun tartibidagi asosiy masala “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruvni joriy qilish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Otabek Abdiyevning hisoboti tinglandi.

Keyingi paytda davlatimiz rahbarining “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan viloyatdagi tuman irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus xizmatlari negizida 11 ta “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etilib, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirishga, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etishni kengaytirishga erishildi.

Soha xodimlarining cug‘orish ishlariga jiddiy yondashilganligi tufayli viloyat bo‘yicha joriy yilning dastlabki 5 oyida jami 586,9 ming gektarga yaqin ekin yerlari suvga qondirilib, xususan, sho‘r yuvish, nam to‘plash va boshqa ishlarda kutilgan natijalarga erishildi.

Viloyatdagi To‘dako‘l, Tozako‘l va Sho‘rko‘l suv omborlari bo‘yicha ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalar va ularning amaldagi ijrosi ham kutilgan natijaga erishish imkonini bermoqda. Olinayotgan suv miqdorlarining sarfini kamaytirish maqsadida 2024-2025 yillar davomida bir qator ishlarni amalga oshirishga kirishilgan.

Hozirgi kunda olinayotgan suv miqdorining 36 foizi texnik va tabiiy yo‘qotilmoqda. Ushbu suv yo‘qotishlarni kamaytirish va olinayotgan suvdan samarali foydalanish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Davlatimiz rahbarining “2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida viloyatidagi 11 ta irrigatsiya va 1 ta melioratsiya ob’ektlarida qurish, rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Jondor tumanidagi “Markaziy Buxoro” kollektoriga nasos stansiyasi qurish ishlarining to‘liq yakunlanganligi buning yorqin dalilidir.    

Yig‘ilishda bundan tashqari chet el mablag‘lari hisobidan tegishli loyihalar doirasida bajariladigan ishlar, kanallarning foydali ish koeffitsiyentini oshirish, beton qoplamali kanallarning ulushini yuqori darajaga yetkazish hisobidan suv tejamkorligiga erishish, umuman suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruvni joriy qilish bo‘yicha viloyatda amalga oshiriladigan ishlar va bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan batafsil so‘z yuritildi.

So‘nggi yillarda iqlimning global o‘zgarishi natijasida kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, suvdan tejamli va samarali foydalanish yuzasidan viloyatda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, biroq bu boradagi ishlar yetarli emasligi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan alohida aytib o‘tildi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ajratilayotgan yer maydonlarining suv manbalariga yaqin bo‘lishini hisobga olish, ichki sug‘orish kanallaridan foydalanishda nazoratni kuchaytirish, suv taqchil bo‘lgan hududlarda, ayniqsa, cho‘l zonalarida dorivor o‘simliklar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, aholi, fermer va dehqon xo‘jaliklarida yerlarni sug‘orish madaniyatini oshirishga qaratilgan seminarlar o‘tkazib borish, aholining suvni isrof qilmaslik, uni tejab ishlatish bo‘yicha savodxonligini oshirish kabi taklif va tavsiyalar ham ilgari surildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suvdan oqilona foydalanish zamon talabidir