2023 yil 18 aprel kuni Prezidentimiz huzurida suv xo‘jaligi sohasini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unda “Suvchilar maktabi”ni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Shunga muvofiq Suv xo‘jaligi vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda Agrobank hamkorligida 2023 yilning 29 may kuni “Suvchilar maktabi” tashkil etildi.

Unda 5 ta mobil guruh tuzilib, maxsus jihozlangan transportlarda tuman sektorlarida joyiga chiqqan holda o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Birinchi bosqichda besh oy mobaynida (may oktyabr) 155 ta tumanda 61 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi rahbar va xodimlari qisqa muddatli kurslarda o‘qitildi.

O‘quvlarda ishtirok etgan tinglovchilarning taklif, fikr-mulohazalari inobatga olingan holda uzoq muddatli dastur ishlab chiqildi hamda “Suvchilar maktabi”ning ikkinchi bosqichiga start berildi.

“Suvchilar maktabi”ning 2-bosqichiga start berildi

Birinchi bosqich: suvdan foydalanish madaniyatini oshirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq tinglovchilar malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Ikkinchi bosqich: yanada takomillashtirgan holda nazariy va amaliy bilimlar berib boriladi. Agrobank tomonidan respublikaning 13 ta hududida zamonaviy o‘quv xonalari hamda ilg‘or suv tejovchi texnologiyalar qo‘llaniladigan tajriba maydonlari tashkil etildi.

O‘quv kurslarining ikkinchi bosqichida 2024 — 2030 yillarda 60 ming nafar fermerni chuqurlashtirilgan holda o‘qitish mo‘ljallangan bo‘lib, har yili 10 ming nafar fermerning amaliy ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Shuningdek, maktabda “Loyihachi” hamda “Tashkilotchi” o‘quv kurslari ham tashkil etilmoqda. “Loyihachi” o‘quv kurslarida pudratchi-quruvchi tashkilotlar mutaxassis xodimlarini sertifikat asosida o‘qitish tashkil etilmoqda.

O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va dars berish jarayonlariga 150 nafar professor-o‘qituvchilar (shundan 30 nafar turkiya, ispaniya, xitoylik ekspertlar) tanlov asosida jalb qilindi. O‘quv kurslari bilan bog‘liq xarajatlar Agrobank tomonidan moliyalashtiriladi hamda kurslari tashkil etish uchun 13 ta hududga maxsus jihozlangan mikroavtobuslar ajratildi.

— Endilikda suvning kamayish tendensiyasi davom etaveradi, – deydi O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy kengashi raisi Abdushukur Hamzayev. – Yo‘qotilgan suvning o‘rnini qoplashning birdan bir yo‘li — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish. Agar suv tejovchi texnologiyalarni tezkor joriy etmasak, kelajakda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tan narxi oshishi mumkin. 

Taxminan mamlakatimizda jami 1 million gektarga yaqin yerda suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi. 2030 yilga borib, suv tejovchi texnologiyalar maydoni 2 million gektarga yetkazilishi reja qilingan. Ya’ni, yurtimizdagi yerning 70-75 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi. Bu ko‘rsatkichni quruq raqamlarda emas, amalda va ilm bilan qilishimiz shart. “Suvchilar maktabi” bu masalaning yechimiga javob bo‘ladi.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Suvchilar maktabi” — u qanday maktab?