Suv yuzasida şoli yetiştiriş: Özbekistonda yuqori hosil olindi
Yurtimiz olimlari va fermerlari joriy yilda baliq hovuzlarida şoli yetiştirişning innovatsion usulini muvaffaqiyatli sinaşdi. Bu texnologiya suv va xarajatlarni tejab, yuqori hosil bermoqda.
Quyi Çirçiq tumanidagi baliqçilik agroklasteri hovuzlarida Şoliçilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ilk bor suv yuzasida şoli parvarişi yölga qöyilgani haqida avvalroq maʼlumot bergandik. Şu kunlarda ğalvir suvdan kötarilib tajriba yakunlari sarhisob qilinmoqda.

– Baliq hovuzida yelim tuvaklarda parvariş qilingan “Iskandar” va “Billur” navli şolidan birinçi yildayoq yaxşi hosil olindi, – deydi “TST fish” baliqçilik xöjaligi xodimi Ilhom Saidov. – Bu texnologiya suv sarfini 20–30 foizgaça kamaytiriş, mineral öğitlardan foydalaniş samaradorligini oşiriş va hosildorlikni 10–15 foizgaça köpaytiriş imkonini berdi. Şuningdek, şoli yetiştiriş xarajatlarini 30-50 foizgaça qisqartirişga muvaffaq bölindi.

Şu kabi tajriba Farğona viloyatining Yozyovon tumanidagi Xonabod hududida ham ötkazildi. Bu yerdagi fermer xöjaligida 18-aprel kuni tuvakka ekilgan uruğlar katta qiziqiş uyğotdi. Şundan söng tumandagi 100 gektar maydonda mazkur tajriba kengaytirildi.
– Suv yuzasida şoli yetiştiriş böyiça xöjaliklarga mutaxassislar tomonidan muntazam tavsiyalar berib borildi, – deydi AKIS Markazi mutaxassisi Begzod Jörayev. – Bu texnologiyaning afzalligi şundaki, u ekologik toza şoli yetiştiriş imkonini beradi, çunki kimyoviy vositalar işlatilmaydi. Hosilni öriş oldidan olib borilgan fenologik kuzatuvlar natijasida ösimlik böyi 1,5 metrni, boşoq uzunligi esa 25 sm ni taşkil etdi. Hosildorlik 60-70 sentnerga yetdi. Mazkur tajriba şuni körsatdiki kengaytirilgan 100 gektar maydonda olingan hosildorlik, tuman böyiça hisoblanganda jami 500-600 tonna şoli demakdir.

Soha mutaxassislarining taʼkidlaşiça, avgust oxirida pişib yetiladigan köl ustidagi şolini quritişda muammo yuzaga kelmaydi. Umuman, Quyi Çirçiq va Yozyovon tumanlarida suv yuzasida şoli yetiştiriş böyiça ötkazilgan tajribalar yangi, resurs tejovçi va ekologik toza texnologiyaning samaradorligini namoyiş etdi. Bu usul suv sarfini, işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiriş hamda hosildorlikni oşiriş orqali qişloq xöjaligida muhim istiqbollarni oçmoqda.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA