Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi holatini Farg‘ona va Andijon viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Farg‘ona va Andijon viloyati hokimligi tomonidan qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan qator tizimli va amaliy ishlar qilingan. Xususan, har ikkala viloyatda suvga doir munosabatlar mazkur qonun va unga muvofiq chiqarilgan suv to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solib kelinmoqda. Mahalliy hokimiyat hamda vakolatli davlat organlarining hududiy boshqarmalari tomonidan suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab olingan.

Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan belgilangan. Xususan, Andijon viloyatida 2021 yil vegetatsiya davrida sug‘orish maqsadlari uchun suvdan foydalanish limiti viloyat bo‘yicha 2 milliard 86 million metr kub bo‘lib, amalda 1 milliard 889 million metr kub suv sarflangan. Viloyatda suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilgani sabab joylarda 40 foizgacha suv tejalgan.

Aholini markazlashgan tartibda suv bilan ta’minlash Andijon viloyatida 82,4 foiz, Farg‘ona viloyatida esa 67,1 foizga amalga oshirilgan.

Hozirda har ikki viloyatda ham davlat dasturlari asosida aholini markazlashgan suv ta’minoti bilan ta’minlashni yanada yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.

bugungi kunda Andijon viloyatida aholiga kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish 7,1 foizni, Farg‘ona viloyatida 17,6 foizni tashkil etadi. Bu borada ham viloyatlarda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, “Andijon suv ta’minoti” MCHJ tasarrufida 5 ta, “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJ tasarrufida 7 ta oqava suv tozalash inshooti mavjud bo‘lib, ularda kapital va joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan.

- Qonun ijrosini o‘rganish jarayonida shunga amin bo‘ldikki, amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda har ikkala viloyatda ham yo‘l qo‘yilgan kamchilik va muammolar mavjud, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Turg‘anbay  Xojanazarov. - Xususan, suvdan foydalanishda asosan suv limitlariga rioya qilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Andijon viloyatidagi “Premium Fashion” korxonasi tomonidan suv resurslaridan foydalanishda qonun talablari buzilganligi sababli viloyat iqtisodiyot sudining qarori bilan uning faoliyati to‘xtatilgan. Shuningdek, Xo‘jaobod tumanida ichimlik suvi quvuridan foydalanib kelayotgan “Nursulton nuri” MCHJga qarashli avtomobil yuvish shoxobchasiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyatidagi suv olish inshootlarida o‘rnatilishi kerak bo‘lgan suv hisoblagich uskunalari soni 408 ta bo‘lib, shundan 2020 yilda 87 ta, 2021 yilda 15 ta hisoblash uskunasi o‘rnatilgan. Bu ko‘rsatkich viloyatdagi jami inshootning 4 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu esa suv hisobini yuritish bo‘yicha ishlar talabga javob bermasligidan dalolat beradi.

Shuningdek, viloyatlarda yer osti ichimlik suvi shakllanadigan hududlar atrofidagi aholi punktlarida kanalizatsiya tarmoqlarining hamda ishlab chiqarish korxonalarida lokal tozalash inshootlarining yo‘qligi mazkur suv ob’ektlari suv resurslari sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ichimlik suvi iste’molini hisobga olish uskunalari hamda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi ob’ektlariga oid zarur barcha axborotni “onlayn” rejimda kiritish, saqlash, muntazam yangilash hamda monitoring qilishni ta’minlaydigan yagona tizim to‘liq joriy etilmagani, hududlardagi mavjud oqava suv tozalash inshootlarining samaradorligi past darajada qolayotgani, aksariyat ishlab chiqarish korxonalarida lokal tozalash inshootlarining mavjud emasligi deputalarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

O‘rganilgan viloyatlar hududlaridagi suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalarida barpo etilgan aholi uylari va qo‘shimcha ishlab chiqarish binolari hamda tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish korxonalari yer usti va osti ichimlik suv zaxiralariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Markaziy suv tarmoqlari sanitar zonalarida noqonuniy qurilgan turli binolar o‘z navbatida quvurlar xavfsizligiga putur yetkazmoqda, ularda avariya holatlarini keltirib chiqarmoqda.

Tadbirda deputatlar sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni berdi.

Muhayyo  Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi qay darajada ta’minlangan?