Suv tozalash inshooti ta’mirlanadi
Pitnak shahridagi suv va oqova suv tozalash inshootlari rekonstruksiya qilinadi. Bu haqida Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani hokimligida o‘tkazilgan loyiha konsultanti “Ecostandart Expert” korxonasi va jamoatchilik vakillari uchrashuvida ma’lum qilindi.
Loyihaga ko‘ra, “Pitnak” suv tozalash inshootining kunlik quvvatini 200 ming metr kubdan 400 ming metr kubgacha oshirish, oqova suv tozalash inshootining kunlik quvvatini esa dastlabki bosqichda 5 ming metr kubgacha, keyinchalik esa avval mavjud bo‘lgan 10 ming metr kubgacha tiklash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan xalqaro talablar asosida amalga oshiriladigan ushbu loyiha 2025 yilgacha yakunlanadi.
N.Bozorova, O‘zA