Toshkent viloyatidagi korxona va tashkilotlarda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida amalga oshirilayotgan ishlar borasida viloyat hokimining matbuot kotibi Behzod Qobulov ishtirokida tashkil etilgan brifingda axborot berildi.

Qayd etilganidek, “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ tasarrufidagi ko‘p yillardan buyon foydalanilayotgan katta magistral suv quvurlari, ichimlik suv inshootlaridagi nasos agregatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldi olinmoqda. Jumladan, 11,2 milliard so‘m evaziga 170 kilometr ichimlik suv tarmog‘i mukammal va joriy ta’mirlanib, reja 101 foizga bajarildi. Shuningdek, mavjud ichimlik suv inshootlaridagi 177 dona nasos uskuna mukammal va joriy ta’mirlandi. Natijada viloyatda yashovchi 71 ming 283 nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanib, joriy yilda ichimlik suv texnologik yo‘qotilish darajasi 2022 yilga nisbatan 1.1 foizga qisqardi. 

Hududdagi jami ichimlik suv tarmoqlarining uzunligi 6 ming 683 kilometr bo‘lib, shundan 2 ming 586 kilometr qismi ta’mirtalab. Mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida joriy yilda Respublika, mahalliy va korxona o‘z mablag‘lari hisobidan jami 170 kilometr ichimlik suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi, 15 dona nasos agregatlari almashtirildi.

Buning evaziga ichimlik suv yo‘qotilish darajasi 2023 yil oxiriga borib, 3.8 foizga qisqarishi kuzatildi. Jamiyatning shahar, tuman bo‘limlarida jami 66 dona dispetcherlar, 42 dona avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha brigadalari, 168 nafar ishchi xodimlar va 63 dona avariya tiklash mashinalari kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirilgan. Shu bilan birga 13 dona payvandlash uskunasi, 40 dona suv yopqich, 800 metr ichimlik suv tarmoqlari hamda 19 dona vertikal va gorizontal tipdagi nasos uskunalar shahar va tuman omborxonalarida zaxira sifatida saqlanmoqda. 13-14 dekabr o‘tar kechasida “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ shahar va tuman bo‘limlariga ichimlik suvi bo‘yicha 40 ta, oqova suv bo‘yicha 30 ta murojaat kelib tushgan. Shuningdek, Zangiota, Yangiyo‘l hamda Qibray tumanlarida aniqlangan nosozlik holatlarini ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda. 

A.Musayev,O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv ta’minotidagi muammolar bartaraf etilmoqda