Suv ta’minotida qonun talablari – bosh mezon
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan suv ta’minotida qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish ishlari izchil olib borilmoqda.
[gallery-3922]
Inspektorlar tomonidan suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, suv olish limitlari va rejalarining buzilish holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha joriy yilning yanvar-avgust oylarida 722 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi. Aniqlangan 600 dan oshiq qonunbuzilish holatlar bo‘yicha tegishli taqdimnomalar kiritildi. 334 ta ma’muriy chora ko‘rilib, qo‘llanilgan 106,8 million so‘m jarimalarning 59,2 million so‘mi undirildi. Bundan tashqari 206 ta holat yuzasidan to‘plangan materiallar sudlarga, 2 ta material esa prokuratura organlariga taqdim etildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA