“O‘zsuvta’minot“ AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi D. Azimov mutaxassislardan iborat ishchi guruhi bilan Buxoro va Kogon shaharlarini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Shoxrud” suv tozalash va uzatish inshootida bo‘ldi.
Asosiy e’tibor hozirgi jazirama kunlarda aholiga uzluksiz va sifatli ichimlik suvini yetkazib berish, ichimlik suvini mikroorganizmlardan tozalash, zararsizlantirish bosqichlari, inshootlarning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ish jarayonlariga qaratildi.
Havo haroratining keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish va tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish, inshootlarda 24 soat navbatchilikni ta’minlash, inshootlar atrof-muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar bo‘yicha chora tadbirlar belgilandi. Inshootlar xodimlariga tegishli ko‘rsatma va vazifalar yuklatildi.


Ma’lumot uchun, “Shoxrud” suv tozalash va uzatish inshooti orqali Buxoro va Kogon shaharlarida istiqomat qiluvchi 500 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Prezidentimizning “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki” ishtirokida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Kogon shahrida (eski shahar qismida) 27 kilometr oqova tarmoqlari qurish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.


D. Azimov Buxoro Kogon tumani Zirabod massividagi 2022 yilda foydalanishga topshirilgan “Kogon-2” suv inshootida bo‘ldi. Mazkur inshoot G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasida joylashgan korxona va tashkilotlarni suv bilan ta’minlaydi. Shuningdek, Kogon shahrining markaziy suv inshootida ham bo‘ldi. Inshoot 1953 yilda qurilgan bo‘lib, 2004 yilda qisman rekonstruksiya qilingan, inshootda 3300 M³ lik rezervuar mavjud bo‘lib, quvvati sutkasiga 90 ming M³ ni tashkil etadi.


Mazkur inshoot orqali Kogon shahridagi 22 mahalla fuqarolar yig‘inidagi 63 mingga yaqin aholi 24 soat davomida ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Shuningdek. Kogon tumanining Beklar, Niyozhoji, Suxor, Mustaqillik (Qizilgul qishlog‘i) O‘bacho‘li, Yangihayot (qisman) hamda Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisini ham toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydi.
D. Azimov Buxoro tumanidagi “Zarafshon” suv inshootiga ham bo‘ldi. Aholiga uzluksiz va sifatli ichimlik suvini yetkazib berish, uni zararsizlantirish va tozalash bosqichlari, inshootning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ish jarayonlari ko‘zdan kechirildi va kerakli tavsiyalar berildi.


Ma’lumot uchun, “Zarafshon” suv inshooti orqali Buxoro, Romitan, Peshku va Jondor tumanlarida istiqomat qiluvchi 200 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.
“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi D.Azimov Buxoro shahar hokimi J.Nosirov bilan ham uchrashdi. Unda Buxoro shahrida renovatsiya asosida qurilgan ko‘p qavatli turar joylarni ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha olib boriladigan qurilish ishlarining parametrlari belgilab olindi.
Shundan so‘ng. D.Azimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 6 maydagi PQ-2526-sonli Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


“Oqova tozalash inshootini modernizatsiyalash ishlarini tugatish va ikkilamchi oqova chiqindilarni tozalovchi inshootini qurish” ob’ekti bo‘yicha 2018 yilda boshlangan ishlar hozirga qadar 90 foizga yakunlangan va jadal davom etmoqda. Inshootning umumiy quvvati sutkalik 100 000 m³ bo‘lib, birinchi bosqich ishlaridan so‘ng sutkasiga 40 000 - 45 000 m³ oqova suvlari qabul qilinmoqda.
Viloyatdagi ichimlik va oqova suv xizmatlari yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonlari davom etmoqda. Buxoro shahridagi Kanalizatsiya tozalash inshootida (KOS) ham bo‘ldi. Prezidentimizning 2016 yil 6 maydagi Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi bo‘yicha “Oqova tozalash inshootini modernizatsiyalash ishlarini tugatish va ikkilamchi oqova chiqindilarini tozalovchi inshootini qurish” ob’ekti bo‘yicha 9 674 735.71 AQSH dollari miqdoridagi loyiha 2018 yilda boshlanib hozirga qadar davom etmoqda.
Bunda birlamchi tindirgichlarning qolgan 2 tasi, aerotenklarning 6 tasi, ikkilamchi tindirgichlarning 1 tasi, umumiy 12 ta bo‘lgan Qum ushlash maydonchalarining 8 tasi rekonstruksiya qilinib, 1ta d-40 mm. bo‘lgan yangi ikkilamchi tindirgich va kontakt hovuzlari yangidan qurildi. Boshqa qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Hozirgi kunga qadar 90 foiz ishlar bajarilgan.
Zarif Komilov, O‘zA