Hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan. Chunki suv iste’moli yildan-yilga ortib bormoqda, suv zaxiralari esa cheksiz emas. Bularning barchasi dunyoning aksariyat mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishga eng yangi va yuqori samara beradigan texnologiyalarni jalb etish loyihalariga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

Aytish joizki, bu borada O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda katta ishlarga qo‘l urilmoqda. Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun sohaga yangi va tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jahonning ilg‘or mamlakatlari bilan hamkorlikda loyihalar hayotga joriy etilmoqda. Bunga misol tariqasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turli hududlarida amalga oshirilayotgan suv boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini rivojlantirish bo‘yicha loyihasini keltirish mumkin.

O‘zA muxbiri Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Park Sunjin xonimga ushbu loyiha bo‘yicha quyidagi savollar bilan murojaat qildi.

– Loyihani amalga oshirishdan qanday maqsadlar ko‘zlanmoqda? 

– «O‘zbekistonda AKTga asoslagan suv boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini rivojlantirish bo‘yicha Master-reja ishlab chiqish va namuna loyihani amalga oshirish» – bu hozirda amalga oshirilayotgan loyihaning nomi hisoblanadi.

Loyihaning maqsadi AKT asosidagi suv resurslarining yangi tizim orqali aniq suv resurslari to‘g‘risidagi axborotni to‘plash hamda suvni to‘g‘ri taqsimlash va foydalanish hisobiga suvdan samarali foydalanib qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishdir.

Loyihaning asosiy tarkibiy qismlari – bu Master-reja tuzish, axborot tizimini rivojlantirish va namuna loyihasining asosiy natijasi sifatida: O‘zbekistonda butun mamlakat uchun suv resurslarini axborotlashtirish Master-reja Milliy suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqtda monitoring qilish chora tadbirlarini ishlab chiqishga yordam ko‘rsatadigan axborot tizimini yaratishdan iborat.

Shuningdek, AKT asosida suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring qilish uchun uskunalarni o‘rnatilib, vazirlik binosida joylashgan dispetcherlik markazi xonasi rekonstruksiya qilinadi.

– Ma’lumki hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash butun dunyoda, jumladan, bizning mamlakatimizda ham dolzarb masalaga aylangan. Shu nuqtai-nazardan olib qaraganda mazkur loyihaning O‘zbekiston suv resurslarini boshqarishda hamda suvni tejamkorlik bilan foydalanishda qanday foydali tomonlari bor?

– Ushbu loyihaning asosiy mazmuni real vaqt rejimida suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatib borish va ulardan foydalangan holda suv resurslarini taqsimlash va yetkazib berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashdir. Real vaqtda suv resurslari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash orqali suv resurslarining isrofgarchiligining oldini olish va uzoq vaqt davomida suv resurslariga bo‘lgan talab, taqsimot va yetkazib berishni hisoblash va tahlil qilish orqali suv resurslarini to‘g‘ri taqsimlashda bu loyiha muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Suv resurslarini axborotlashtirish va kerakli miqdordagi suvni o‘z vaqtida yetkazib berish orqali suv resurslarini yo‘qotilishining oldini olish bilan suv resurslaridan yanada samarali foydalanish mumkin.

Xususan, O‘zbekiston kabi yog‘ingarchilik kam va suvni ko‘p iste’mol qiladigan mamlakatlarda suv resurslaridan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, uzoq vaqt davomida suv resurslari to‘g‘risida bunday ma’lumotlarni to‘plash orqali milliy suv resurslaridan to‘g‘ri foydalanishni tushunish va ularni o‘rta va uzoq muddatli suv resurslarini ishlatish rejalarini ishlab chiqish uchun muhim ma’lumotlar sifatida ishlatish mumkin.

– Mazkur loyihada O‘zbekiston bo‘ylab daryo yoqalarida mana shunday 61 ta stansiya o‘rnatilishi nazarda tutilgan. Ular qanday vazifani bajaradi va afzalliklari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tsangiz?

– 61 nuqtada o‘rnatilgan stansiyalar suv sathini tegishli nuqtalarda o‘lchaydi.

O‘lchangan suv sathi uyali aloqa tarmog‘i orqali dispetcherlik markazining ma’lumotlar bazasi serverida saqlanadi va saqlangan ma’lumotlar suv sathi va oqim tezligini ko‘rsatish uchun axborot tizimidan foydalangan holda olinadi.

Hisoblagich daladagi suv sathini doimiy ravishda o‘lchab turgani sababli, suv haqidagi ma’lumotlarni real vaqtda 24 soat davomida tekshirish mumkin.

– Loyiha doirasida trening kurslari ham olib borilar ekan. Shu haqda ma’lumotbersangiz?

– Jami 2 ta o‘quv kurslari rejalashtirilgan bo‘lib, ular boshqaruvchi va amalda ish bajaruvchi darajasidagi xodimlar uchun maxsus kurslardan iborat.

Boshqaruvchilar uchun maxsus trening kurslar 7 kun davomida Koreyada o‘tkazildi. Mazkur kursga O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligining 10 nafar xodimi taklif etildi. Ushbu dasturning maqsadi – ishtirokchilarni suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yaxlit siyosatni ishlab chiqish qobiliyati orqali loyihani amalga oshirish samaradorligini ko‘tarishdan iboratdir. Kurs davomida ular Koreyaning suvni boshqarish bo‘yicha zamonaviy nazariyalarini o‘rganib chiqishdi va shu sohaga tegishli institutlarga tashriflar va ekskursiyalari orqali yangi texnologiyalarni sinab ko‘rishdi.

[gallery-2721]

Amalda ish bajaruvchi darajasidagi xodimlar uchun maxsus kurslar 2020 yilda o‘tkazilishi kerak edi, ammo u COVID-19 tufayli bekor qilindi. Buning o‘rniga, o‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘qitish va o‘quv videodarsliklarini yaratish orqali loyiha tugagandan keyin ham ishchilar o‘qishni davom ettira oladigan qilib dastur o‘zgartirildi.

– Loyihani amalga oshirishda qaysi tashkilotlar ishtirok etishmoqda?

– Ushbu loyiha KOICA, O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi va Vazirlik tarkibidagi Axborot-tahlil va resurs markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi – O‘zbekistondagi suv resurslarini boshqaruvchi departamenti bo‘lgan va 2018 yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan ajralib chiqqan. Ushbu vazirlik yerusti suvlarini boshqarish, suv resurslari bilan bog‘liq litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish, gidrologik inshootlarning ishlashi, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha umumiy siyosatni o‘rnatish va qishloq xo‘jaligi suvlarini boshqarish hamda yetkazib berish uchun mas’uldir.

– KOICA tashkiloti O‘zbekistonda shu vaqtgacha qanday loyihalar ustida ish olib bordi. Mamlakatimiz bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelgusida ham rejalari bormi?

– Milliy qo‘llab-quvvatlash rejasiga muvofiq, KOICA uchta muhim yo‘nalishda faoliyat yuritadi. Bular – bo‘lajak mutaxassislarning malakasini oshirish va startap uchun imkoniyatlarini mustahkamlash; – Tibbiy xizmat sifatini oshirish va yuqumli kasalliklarning oldini olish va qarshi kurashish qobiliyatini kuchaytirish; – Shaffof, samarali va ishonchli davlat boshqaruvi tizimini yaratishdan iborat. Biz ushbu 3 yo‘nalishda loyihani amalga oshiramiz va benefitsiar mamlakatning xohishi va talabini hisobga olgan holda yangi loyihalarni taklif qilamiz. «Bo‘lajak mutaxassislarning malakasini oshirish va startab uchun imkoniyatlarini mustahkamlash» yo‘nalishi bo‘yicha KOICA 5 ta kasb-hunar ta’limi loyihalarini hamda maktabgacha tarbiyachilarning malakasini oshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. Sog‘liqni saqlash yo‘nalishida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash bo‘yicha loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Shaffof, samarali va ishonchli davlat boshqaruvi tizimini yaratish yo‘nalishida esa davlat sektorida kadrlar salohiyatini oshirish va suv resurslarini axborotlashtirish bo‘yicha loyihalarni ilgari surmoqdamiz.

O‘zA muxbiri Saidmurod RAHIMOV

suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv resurslaridan samarali foydalanish istiqbollari