Termiz shahrida “Yosh kitobxon” tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadiga qaratilgan an’anaviy tanlovda ishtirokchilar 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifasida o‘zaro bellashdi.
Ta’kidlash kerak viloyat bo‘yicha 53 ming 800 nafar nomzod tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirgan. Ulardan 42 nafari viloyat bosqichida bilimini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi.
[gallery-21699]
Hakamlar hay’ati tanlov jarayonida kitobxon yoshlarning tayyorgarligi, adabiyotlarni qay darajada qunt bilan o‘rganganligini “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari orqali aniqladi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10-14 yosh toifasida Termiz shahridan Botir Zokirov tanlov g‘olibi bo‘ldi. 15-19 yoshli kitobxonlar o‘rtasida muzrabotlik Madina Menglimahmatova birinchi o‘rinni egalladi. 20-30 yoshli ishtirokchilar o‘rtasida g‘oliblik Qumqo‘rg‘on tumanidan Mahbuba Jo‘rayevaga nasib etdi. Ular tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5MPFpMOh7u0" title="Surxonning yosh kitobxonlari oʻz salohiyatini namoyish etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA