Surxondaryoning “Kamalak yulduzlari” taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Festival iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning ma’naviy olamini boyitish, san’at va go‘zallikka intilishini kuchaytirish, milliy san’at an’analari va yo‘nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish hamda davom ettirish maqsadiga qaratilgan.
Bugungi tanlovda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 200 dan ziyod o‘g‘il-qiz qatnashdi. Ular 6 ta yo‘nalish va 6 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.
[gallery-15153]
Tegishli yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA