Termiz shahrida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida mustaqilligimizning 31 yillik bayramini keng nishonladi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi T.Bobolov tinchligimiz posbonlarini eng ulug‘, eng aziz bayramimiz bilan samimiy muborokbod etib, yurt osayishtali va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan mardanavor xizmatlari haqida atroflcha fikr yuritdi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘p millatli xalqimizning osuda, to‘kin hayotini ta’minlab, Yangi O‘zbekistonni bunyod etishga xizmat qilmoqda. Jumladan, viloyatda joriy yilning yetti oyida olib borilgan profilaktik ishlar natijasida mahallalarning 53 foizida jinoyat sodir etilmadi. Qayd etilgan 2 ming 514 jinoyatning 1 ming 50 tasi yoki 41,3 foizi ichki ishlar xodimlari tashabbusi bilan aniqlanib, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi. 

Jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda keyingi yillarda ichki ishlar organlari xodimlarining qadri ulug‘lanib, ijtimoiy himoyasi kuchaytirilayotgani, sifatli, tezkor xizmat olib borishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgani va mahallalarda profilaktika inspektorlarining yengil avtomashina hamda xizmat uyi bilan ta’minlangani ham muhim omil bo‘layotir.

Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Ismoilov ishtirokchilarga Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Viloyat hokimi Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limiga “Damas” avtomashinasining kalitini topshirdi. Bir guruh eng faol xodimlar viloyat hokimining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alariga, Ichki ishlar vazirining mukofotlari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining esdalik sovg‘alariga sazovar bo‘ldi. Maxsus unvonlar topshirildi.

“Eng yaxshi ichki ishlar organi boshlig‘i”,. “Eng yaxshi tezkor xodim”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” kabi nominatsiyalar g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi. 

Bayram san’at ustalarining qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlandi.

 Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryolik ichki ishlar organlari xodimlari istiqlolni madh etdi