Surxondaryoda yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining bilim va malakasi oşirilmoqda
Termizda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi JXD yöl harakati xavfsizligi xizmatining masʼul xodimlari iştirokida öquv maşğuloti ötkazildi.
Respublika YHXB maʼmuriy amaliyot markazi boş inspektori, podpolkovnik D.Kamolov, Respublika yöl harakati xavfsizligi xizmati axborot texnologiyalarini rivojlantiriş boşqarmasi DTM yetakçi mutaxassisi, leytenant A.Abdimöminov, respublika yöl harakati xavfsizligi xizmati alohida yöl-patrul xizmati otryadi katta inspektori, katta leytenant B.Abdullayevlar öquv maşğulotini mazmunli va qiziqarli ötkazdi. Maşğulotda asosan bir neçta masalalarga eʼtibor qaratilgani diqqatga sazovordir. Xususan, Özbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qarorlari va Içki işlar vazirligi buyruqlari hamda içki işlar xodimlari oldiga qöyilayotgan bugungi kun talablari kengroq tuşuntirildi. Ikkinçidan, innovatsion texnologiyalar, şu jumladan, aniq vaziyatlar tahlil qilingan maşğulotlarda axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalaniş imkoniyatlari hamda xizmat davomida radio aloqa vositalari, planşetlar, bodi-kameradan foydalaniş qoidalari örgatildi.
Bundan taşqari moped, mototsikl, skuter va elektr mototsikl vositalarani belgilangan tartibda röyxatdan ötkaziş, ularni boşqarişga qöyilgan talablar hamda yöl harakati qoidabuzarligi töğrisida maʼlumot berildi. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan nizoli holatlar, ommaviy axborot vositalari va jamoatçilik nazorati vakillari bilan özaro munosabatlar haqida atrofliça fikr yuritildi.

Öquv yiğini qatnaşçilari bunday foydali maşğulotlar yöl-transport hodisalarining profilaktikasi samaradorligini oşirişda va xizmat sifatini yanada yaxşilaşda katta naf keltirişini alohida taʼkidlaşdi.
Bunday ibratli tadbirlar ötkazilişida Asqarjon Möminov, Faxriddin Muhiddinov, Ilhom Botirov, Akmal Törayev hamda Elnur Abrayevlarning fidoyiligi va xizmati katta bölayotir. Eng muhimi, bunday tadbirlar soha xodimlari bilim va malakasini oşirişda, viloyatda yöl-transport hodisalarining oldini olişda hamda ularning sonini yanada kamaytirişda qöl kelmoqda.
Jovli Xuşboqov,
ÖzA muxbiri