Surxondaryoda “Yil yoshlari" e’tirof etildi
Termiz shahridagi “Muhtasham” tantanalar saroyida “Yil yoshlari - 2022” bayram festivali bo‘lib o‘tdi.
Vohada o‘zining iqtidor va iste’dodini namoyon etib, katta marralar va ulkan maqsadlarga erishayotgan, jahon arenalarining eng yuqori shohsupalarini zabt etayotgan yoshlar talaygina. Ularning yutuqlarini e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ming nafarga yaqin ana shunday faol yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-9917]
Viloyat rahbari sportda O‘zbekiston, Osiyo va Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, fan, ta’lim, madaniyat va san’atda yutuqqa erishgan, davlat fuqarolik xizmatida o‘zining samarli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yoshlarga pul mukofotlari, sovg‘a-salomlar va mahallalar uchun sport anjomlari to‘plamlarini tantanali topshirdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA