Surxondaryoda ekologlar yetakchisi o‘zgardi
Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘i bilan bu lavozimga Bahodir Urunov tayinlandi.
B.Urunov 1974 yil tug‘ilgan. 1997 yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida boshliq o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens va ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri