O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 fevraldagi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq shu yilning aprel oyida Boysun tumanidagi Padang kengliklarida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilgacha har yili tashkil etilgan mazkur festival endilikda har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Noyob qadriyat va boy nomoddiy madaniy merosga ega Boysun tumanini 2001 yil YUNESKO “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari” ro‘yxatiga kiritgan edi. 2002 yil may oyida xushmanzara tumanda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq ijrochilarining ilk ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tgan edi.

Dunyoga chang solgan pandemiya sababli keyingi yillarda o‘tkazilmagan madaniy tadbir yangi, serjilo qiyofada bo‘y ko‘rsatdi. Xalqimizning o‘ziga xos folklor san’atini qo‘llab-quvvatlab, xalq dostonlari, hunarmandchiligi, milliy liboslari va xalq o‘yinlarini, qadimiy urf-odatlarini saqlab qolish hamda keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etayotgan festival endilikda dunyo ahlini so‘lim tog‘lar qo‘yniga chorlaydigan yanada yirik madaniy tadbirga aylandi.

Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu madaniy tadbir xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda milliy madaniyatlar uyg‘unligi va turfa xilligini saqlash va rivojlantirish, nomoddiy madaniy merosning eng yaxshi namunalarini muhofaza qilish va rivojlantirish, milliy an’analarni asrab-avaylab, yoshlarda folklor san’atiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, xalqimizning madaniyati, xususan, betakror folklor san’atini e’zozlashga qaratilgani barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Festival hunarmandchilik ko‘rgazmalari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadriyatlar va an’analarni keng targ‘ib etishga, turli millat vakillarini ma’naviy muloqotga chorlab, milliy an’analar asosida xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlash va madaniy turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Folklor san’ati (alla, o‘lan, lapar, raqs, terma, marosim singari qo‘shiqlar) va milliy xalq o‘yinlari, tomosha san’ati nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladigan festivalda xorijiy davlatlar vakillari ham ishtirok etishi mumkin. Tasdiqlangan nizom asosida festivalni o‘tkazish tartib va shartlari, shu jumladan, ishtirokchilarning ijro mahoratini namoyish etish daqiqalari aniq belgilab berilgan.

Surxondaryo viloyatida dunyo folklor san’ati ijrochilari, shinavandalari va folklorshunoslarni maftunkor Boysun tumaniga chorlaydigan shodiyonani yuksak saviyada o‘tkazish uchun puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Tadbir o‘tadigan so‘lim go‘shaga olib boradigan yo‘llarni ta’mirlab, tevarak-atrofni obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish, ishtirokchilar va muxlislarga qulay sharoitlar yaratish uchun “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilmoqda.

–Milliy an’ana va qadriyatlar keng tarannum etiladigan shodiyona faqat jonli ijroda o‘tkaziladi, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i, tashkiliy qo‘mita a’zosi Jo‘rabek To‘rayev.– Festival doirasida shuningdek, ilmiy-ijodiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, sayillar, konsertlar, ko‘rgazma va boshqa tadbirlar tashkil etish, vohaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirish rejalashtirilmoqda. Milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmalarini, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. Dronshoular, etnosport bellashuvlari, velomarafonlar ham tadbirga o‘zgacha fayz ulashadi. Albatta, bu ishlar festivalga yanada puxta hozirlik ko‘rishni taqozo etadi. Shu bois tayyorgarlik ishlari hozirdan boshlanmoqda.

G‘oliblar pul mukofotlari, diplom, sovrin va festival ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Xalqaro hay’at qarori bilan eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan laureat diplomiga sazovor bo‘ladi. Shuningdek, har bir nominatsiyada bittadan 1, 2 va 3-darajali diplom, festival ishtirokchisi diplomlari hamda har bir qatnashchiga maxsus diplom topshirish mo‘ljallanmoqda.

Festival o‘tkaziladigan aniq muddat yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
 
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik boshlandi