Qiziriq tumanidagi Isfara kollektorida 460 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash quvvatiga ega mikroGES qurilib, ishga tushirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda energiya ta’minotini tubdan yaxshilash yo‘lida olib borilayotgan islohotlar va ularning xalqimiz turmush darajasini oshirishdagi ahamiyati haqida gapirdi. Bu borada janubdagi vohada ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini alohida qayd etdi.

Prezidentimizning 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni iste’molchilarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.  

Surxondaryo viloyatida ham bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. Shunga muvofiq vohada  mikroGESlar qurishga  ham alohida  e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Qiziriq tumanidagi Isfara zovuridan oqib o‘tuvchi  sizot suvlaridan  oqilona foydalanilib, quvvati 230 kVtli “Isfara-1” mikroGESi bunyod etildi. Buning uchun sizot suvi inshootida suniy to‘g‘on bunyod etilib, mikrogidroelektr stansiyasini yetarli suv bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.  

Qiymati 7 milliard 700 million so‘mlik inshootni “TS OLOT INVEST” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari barpo etdi. “Isfara-1” mikroGESning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u xorijlik mutaxassislar jalb etilmagan holda o‘zimizning mutaxassislar loyihalashtirgan hamda to‘liq mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan jihozlar bilan ta’minlangan birinchi kichik gidroelektr stansiya bo‘ldi. Yiliga 1,07 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan yangi inshoot 581 ming kub-metr tabiiy gazni tejaydi.

Bu yerda “To‘palang” gidroelektrstansiyasida ish o‘rganib, malakasini oshirgan besh nafar mahalliy yosh gidroenergetik ish bilan ta’minlandi.

Mutaxassislarning aytishicha, viloyatda 20 ga yaqin mikroGES qurish mo‘ljallanmoqda. Ularning beshtasi Isfara zovurida qad rostlaydi.  

Tadbirda Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev ishtirok etdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda birinchi mikroGES foydalanishga topshirildi