Tuman va shahar davlat xizmatlari markazlarida tejalgan qog‘oz tufayli 50 tup daraxt, 65 tonna suv, 7,5 tonna neft asrab qolindi.

Milodning 100-yillarida qog‘oz ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlaganini eshitgan edim. Lekin, kundalik hayotimizda eng ko‘p ishlatiladigan A4 hajmli qog‘ozning bir donasi tayyor bo‘lishi uchun 10 litr suv sarflanishini bilmas ekanman..! Bir tonna qog‘oz ishlab chiqarilmasa 3 tonna neft, 26 tonna suv tejalishi, 17 tup daraxtning omon qolishi mumkinligini eshitib, qog‘ozga bo‘lgan “hurmatim” yanayam oshdi...

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 500 million tonna qog‘oz ishlab chiqarilar ekan. Bu 6 milliard tupdan ortiq daraxt yo‘q bo‘ldi, degani. Qog‘ozning 93 foizi daraxtdan olinishini hisobga olsak, so‘nggi 40 yil ichida qog‘oz iste’moli jahon miqyosida 400 foizga oshib ketgan. Buning natijasida butun sayyoramizni qoplab turgan jami o‘rmonlar hududidan ham kattaroq maydondagi daraxtzorlar kesib tashlangan.

“Jahon resurslar instituti” nodavlat tadqiqot tashkiloti shu kungacha sayyoramizda 78 foiz daraxtzor yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lishi mumkinligini ilgari surmoqda. Bugun kesilayotgan daraxtlarning 35 foizidan qog‘oz sanoatida foydalaniladi. Vaholanki, qog‘oz ishlab chiqarish uchun sarf etilayotgan yashil boyliklar biz nafas olayotgan sof havo - kislorod ishlab chiqaruvchisidir. Bir tup daraxt bir kunda o‘zidan 3 kishiga yetarli kislorod ishlab chiqarsa, dunyo o‘rmonlarida har kuni 10 million tupdan ortiq daraxt qulatiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yer yuzida bir kun qog‘ozdan foydalanilmasa naqd 900 ming tonna qog‘oz tejab qolinar ekan.

Bu ma’lumotlarni o‘qib, eshitib, Surxondaryo viloyatidagi davlat xizmatlari markazlari faoliyatida qog‘ozning tejalishini o‘zimcha tahlil qildim. Jumladan, ilgari yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ta’sis hujjatlaridan bir nusxa ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda qolar edi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yuridik shaxsning bir nusxa ta’sis hujjatlari uchun o‘rtacha 50 dona A4 hajmdagi qog‘oz sarflanadi. Endilikda davlat xizmatlari markazlari tomonidan yuridik shaxslarni ro‘yxatga olishda ta’sis hujjatlarining elektron bazasi yaratilayotir. Buning natijasida joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlik sub’ektlarini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun birgina Termiz shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan qariyb 35 ming dona qog‘oz tejalgan. Agar bu ko‘rsatkich viloyatdagi 14 ta tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari hisobiga ko‘paytiriladigan bo‘lsa, 490 ming dona A4 hajmli qog‘oz tejab qolinganini ko‘rish mumkin. Bu esa og‘irlikda 2,5 tonna, mablag‘ sarfida 35 million so‘m, degani.

Bu raqamlar respublika miqyosida ko‘paytirilsa, ko‘z oldingizda qog‘ozning “uyumi” ham, unga ketadigan mablag‘ning “cho‘g‘i” ham sezilarli darajada pastlab ketgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Demak, Curxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatlari markazlari shu yilning sakkiz oyida birgina yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda tejalgan qog‘oz hisobidan 7,5 tonna neft, 65 tonna suv, 50 tup daraxtni asrab qolishga hissa qo‘shdi.

Salohiddin NORQOBILOV,
Adliya vazirligi huzuridagi 
Davlat xizmatlari agentligi
Surxondaryo viloyati boshqarmasi 
Jamoatchilik va OAVlari bilan aloqalar 
sho‘basi yetakchi maslahatchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo viloyatida yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda 2,5 tonna qog‘oz tejaldi
Жамият
15:25 / 23:09:2019