FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish borasidagi tegishli qaroriga ko‘ra, 2023-2026-yillar davomida Kadastr agentligi organlari o‘lchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot va boshqa texnikalar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

[gallery-16582]

Asosiy ko‘rsatkichlar yuzasidan bu yil elektron taxometr, GPS priyomniklarining 3 xil rusumi, “Kolida” rusumidagi TS-07 elektron taxometr 2 to‘plam, GN priyomnik 8 to‘plam, GPS priyomnik 9 to‘plam elektron geodezik o‘lchov vositalari xarid qilingan. Kadastrning asosiy faoliyati - yer o‘lchovi va hisobini aniq tahlil qilish texnik uskunaning eng so‘ng rusumi bilan endilikda Surxondaryo viloyatining barcha tuman (shahar) filiallari xodimlari ham ta’minlandi.  

Soha xodimlariga texnikalarni topshirish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, kadastr tizimi xodimlari ishtirok etdi.  

Tadbirda ta’kidlanganidek, zamonaviy o‘lchov vositalari - GPS priyomnik (baza-rover) CHSNAV I90 vositasini alohida-alohida ishlatish ham mumkin, internet aloqasi bo‘lmagan hududlarda birgalikda ishlatiladi. Internet aloqasi bo‘lgan hududlarda esa ish hajmidan kelib chiqib, doimiy ishlab turgan punktlarga (stansiyalarga) bog‘lagan holda alohida o‘zini ham ishlatish mumkin. Leisa TS-07 rusumdagi elektron taxometr esa ancha qulay va zamonaviy o‘lchov vositasi hisoblanib, asosan obyektlar qurilishi boshlanishidan bitguniga qadar ishlatiladi. So‘nggi rusumdagi yana bir o‘lchov vositasi “Stek” kompaniyasiga tegishli Stek Esv1 ham xuddi yuqorida aytilganidek, bazani internet aloqasi yaxshi bo‘lib, ish hajmi ko‘paygan vaqtlarda alohida alohida holda doimiy ishlatish mumkin. “Kolida” rusumli o‘lchov vositasi o‘zi alohida rover sifatida xarid qilingan. Bugungi kunda hududda o‘rnatilgan doimiy ravishda ishlab turuvchi JNS stansiyalarga bog‘langan holda, internet aloqasi yaxshi bo‘lgan hududlarda sputnik orqali ulanib o‘lchov ishlarini amalga oshiradi. Bu ham so‘nggi modeldagi zamonaviy geodezik o‘lchov vositasi hisoblanadi. Yangi texnikalarning ishlash quvvati ko‘p vaqtga yetishi, har qanday ob-havo holatida va internet aloqasi past yoki umuman yo‘q bo‘lgan hududlarda ham ishlashi bilan oldingi texnikalardan farq qiladi. Bu esa soha xodimlarining ishini sezilarli darajada yengillashtirishga yordam beradi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo kadastr organlari zamonaviy texnikalar bilan ta’minlandi