Surxonda Navro‘z tantanalari (+video)
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida viloyatning asosiy Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahri va tumanlar uchun ajratilgan qo‘rg‘onlarda folklor jamoalarning chiqishlari, etnosport o‘yinlari, bahorning tansiq taomlari, hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida taniqli san’atkorlar, baxshilar, askiyachi va qiziqchilar, dorbozlar va yosh ijrochilarning chiqishlari namoyish etildi.
[gallery-16524]
Bayram tadbiriga qardosh qo‘shni Tojikiston davlatidan mehmonlar tashrif buyurdi.
“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida nishonlangan umumxalq saylida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘z tabrik so‘zi avvalida voha ahli hamda mehmonlarni go‘zal va ardoqli bayram bilan qutlab, Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxt-u saodat, qut-baraka olib kelishini tiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cbsu4fqRWTg" title="Surxonda Navroʻz tantanalari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA