Surxon vohasi egarchilarining beshinchi avlod vakili
FOTOREPORTAJ
Egarchilik – qadimda juda keng tarqalgan hunarmandchilik yo‘nalishlaridan biri.
Insoniyat otdan keng foydalangan davrlarda bu kasb yanada rivoj topdi. bugungi texnika zamonida ot-ulovdan kam foydalanilsada, bu hunar ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelmoqda.
[gallery-11750]
Surxondaryolik 28 yoshli Ahliddin Abduraimov egarchilikning mohir ustasiga aylanib ulgurgan. U mashhur egarchilarning beshinchi avlod vakili. Usta tayyorlagan mahsulotlarga talab yuqori. Nafaqat mamlakatimiz, balki, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda ham chavandozlar hunarmand yasagan egarlardan foydalanadi.
Ahliddin Abduraimov “Ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘z hunari sir-asrorlarini yosh avlodga qunt bilan o‘rgatib kelmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA