Suriyada yana halokatli to‘qnashuv yuz berdi
Damashqdagi yangi hukumatga sodiq Suriya kuchlari mamlakat shimoli-g‘arbida Asad rejimi qoldig‘i bilan shiddatli jang olib bordi, deb yozdi BBC.
Davlat televideniyesi ma’lumotiga ko‘ra, Latakiya viloyatida, Rossiya nazoratidagi aviatsiya bazasiga yaqin joyda yuz bergan to‘qnashuvda kamida 13 askar halok bo‘lgan.
Voqea munosabati bilan ma’lum vaqt komendantlik soati e’lon qilindi.
AFP axborot agentligi Asadga sodiq 28 qurolli shaxs o‘ldirilgani, hukumat kuchlari aniq nishonga hujum qilish uchun vertolyotdan foydalanayotganini ma’lum qildi.
Suriya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, polkovnik Hasan Abdul G‘ani davlat matbuoti orqali sobiq boshqaruv tarafdorlarini ogohlantirdi.
– Minglab odam qurolini topshirib, oilasi bag‘riga qaytishni xohladi, ba’zilar esa qotil va jinoyatchilarni himoya qilish uchun hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda, – degan u. – Tanlov aniq: qurolingizni qo‘ying yoki muqarrar taqdirga duch keling, - dedi u.
Musulmon Ziyo, O‘zA