Suriyada “Islom davlati” tashkiloti yetakchisi halok bo‘ldi
Amerika maxsus kuchlari Suriyaning Idlib shahrida “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga qarshi operatsiya o‘tkazdi.
VVS xabariga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden mazkur tadbir davomida tashkilot yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Kurayshiy o‘ldirilganini ma’lum qilgan.
– Kecha maxsus ko‘rsatma bilan harbiylar Suriya shimoli-g‘arbida muvaffaqiyatli aksilterror operatsiyasini amalga oshirdi: ISHID yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy yo‘q qilindi”, – dedi Bayden.
Eslatib o‘tish kerak, 2019 yil Abubakr al-Bag‘dodiy amerikaliklar tomonidan o‘ldirilgach, al-Kurayshiy “Islom davlati” xalifasi deb e’lon qilingan edi.
Franc-press agentligi al-Qurayshiy jang paytida o‘zini portlatib yuborganini yozgan. Aytishlaricha, uning oilasi ham halok bo‘lgan.