Saudiyaning “The Independent Arabia” nashri Damashqdagi yuqori martabali manbalarga tayanib, Suriya va Isroil 25 sentyabr kuni AQSH ishtirokida xavfsizlik shartnomasi imzolashni rejalashtirayotgani haqida yozdi. Marosimda Prezident Donald Tramp qatnashishi kutilyapti.

Nashr yozishicha, tadbirdan bir kun oldin Suriya yetakchisi Ash-Shara’ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi.  

- Shartnoma imzolanishi to‘laqonli tinchlik o‘rnatilishini anglatmaydi, albatta, - deyilgan xabarda. - Bu ikki davlat o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan, faqat cheklangan xavfsizlik chorasini ko‘zda tutadigan hujjat, xolos.

Isroil bu bayonotga hali rasman izoh bermagan. Agar ma’lumot tasdiqlansa, bu 1948 yildan buyon rasman urush holatida qolayotgan Isroil va Suriya munosabatida misli ko‘rilmagan qadam bo‘ladi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suriya va Isroil AQSH ko‘magida xavfsizlik shartnomasini imzolaydi