Suriya bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish
Suriya janubidagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bugun, 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot manbaasiga asoslanib RIA Novosti xabar bermoqda
Suriya janubidagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bugun, 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot manbaasiga asoslanib RIA Novosti xabar bermoqda.
“Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining insonparvarlik masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi boshqarmasiga Suriya janubida mavjud gumanitar vaziyat va unga munosabat haqidagi yangilangan ma’lumotlarni taqdim etishni so‘radik“, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, ma’lumotda Janubi-g‘arbiy Suriyada gumanitar vaziyatni yaxshilashga qaratilgan aniq qadamlar haqida ham so‘raladi.
Bundan oldin AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov telefon orqali so‘zlashuvi chog‘ida Janubi-g‘arbiy Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishgani haqida xabar tarqatilgan edi.