Rassom Yigitali Tursunnazarov 50 yildirki ijod bilan mashgʻul.

Rassom Yigitali Tursunnazarov 50 yildirki ijod bilan mashgʻul. Uning halol va fidokorona mehnati mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi mukofotiga munosib topildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, akademik Y.Tursunnazarov 1941-yili Fargʻona viloyatining Rafiqon qishlogʻida tavallud topgan.

Ijodga yoʻl...

– Bolaligim dashtu dalalarda oʻtgan, – deydi Y.Tursunnazarov. –Maktabdan kelib ota-onamga koʻmaklashish uchun opa-ukalarim bilan dalaga chiqib ketardik. Adabiyot va sheʼriyatga mehrim boʻlakcha edi. U paytlarda hammaning uyida radio boʻlardi. Radioda sheʼrlar oʻqilsa men toʻxtab qolardim. Lirik obrazlar menga kuchli taʼsir qilardi.

Sanʼatga kirib kelish hayotingizni qanday boshlab olishingizga bogʻliq. Qishlogʻimizda koʻp shoir-yozuvchilar mehmon boʻlib, kechasi bilan suhbatlashib oʻtirishardi. Ularga men va men kabi tengdoshlarim xizmat qilardik. Shoirlarning suhbati, hayot tarzi men uchun juda qiziq edi. Ularni eshitib ijodga mehrim yanada oshardi. Ana shunday ijodiy kechalar, ijodga boʻlgan mehr meni Toshkent teatr va rassomchilik institutiga boshlab keldi.

Oʻqishni tamomlagach P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida uch yil oʻqituvchilik qildim. Qarasam ish, tirikchilik deb, ijod qilishga vaqtim qolmayapti. Keyin ishni topshirdim va faqat ijod bilan shugʻullandim. Lekin moliyaviy tomondan juda qiynaldim. Boʻsh vaqtlarimda kirakashlik qilib oilamni boqdim. Ustozlarimning “Qattiq mehnat qilmas ekansan, natijasini koʻrmaysan” degan oʻgitiga amal qilib, oʻz ustimda tinim bilmay ishlardim.

Ana shunday mehnatlarim hosilasi sifatida 1989-yilda ilk bor koʻrik-tanlovda qatnashdim. Tanlovga qoʻyilgan “Orol koʻz yoshlari” va “Rapqonlik zahmatkashlar” nomli asarim menga chinakam omadni olib keldi. Shu koʻrgazmada Hamza nomidagi davlat mukofotini qoʻlga kiritdim.

Nohaqliklardan charchagan rassom

1997-yilda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi. Katta yigʻilish oʻtkazilib, unda maxfiy roʻyxat boʻyicha 25 ijodkor akademik boʻldi. Yigʻilishda buni eʼlon qilishganida hamma jim oʻtirardi. Shunda men chidab turolmadim. Oʻrnimdan turdimda “Toʻxtang bu nomzodlarning ishini koʻrsatinglar, koʻraylikchi nimaga qodir ekan. Ichidan keyin arziydiganlarini ajratib olaylik” dedim. Roʻyxatni tuzganlardan biri turib “Siz aytgan narsa keyin, har uch yilda qabul boʻlib saylanadi, hozir ovoz berasizlar” dedi.

Biz qoʻl koʻtarib, ovoz berishimiz kerak boʻlgan odamlarni oʻzimiz tanimasdik. Aniqrogʻi roʻyxatda kimlar borligini bilmasdik. Shu bilan roʻyxatdagi odamlar familiyasi oʻqildi. Hamma qoʻl koʻtarib tasdiqladi. Oʻsha 25 akademik ichida umuman ijod qilmagan “rassomlar” ham, bu darajaga arzimaydigan ijodkorlar ham bor ekan. Uch yildan keyin koʻrsatilgan 45 nomzod ichida men ham bor edim. Shu tariqa 1999-yili akademiklikka erishdim.

Oʻzbekiston xalq rassomi unvoniga erishish hayajonlari

Ushbu unvonga meni tavsiya qilishgandan keyin fotolarimni koʻrib chiqib menga qoʻngʻiroq qilishdi. Ular 20 ta ijodiy ishimni elektron variantini soʻrashdi. Bu asarlarim hozirda mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan “Saida Zunnunova”, “Qora xat”, “Soʻnggi maktub”, “Xayol”, “Rapqonlik zahmatkashlar” va shu kabi kartinalarim edi. Haqiqat bor ekan, uzoq yillik mehnatim mahsuli evaziga meni Oʻzbekiston xalq rassomi unvoniga munosib koʻrishdi. Buning uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga koʻp rahmat. Bu eʼtibordan xursandligimdan hozirda falsafiy fikrda yuribman. Demoqchimanki, zoʻr bir asar yaratish, xususan, Odam Ato va Momo Havo davridan tortib hozirgi davrning bir koʻrinishini, yangiliklar va oʻzgarishlarga bagʻishlangan fantastik va falsafiy asar yaratish niyatim bor. Vatanim, Prezidentim va hayotga boʻlgan muhabbatimni, hurmatim va rahmatimni shu asarim orqali bildirmoqchiman.

Yaxshi rassom boʻlish uchun...

Portret yaratish odamni oʻzidek oʻxshatish emas, balki uning ruhiyati, ichki dunyosini, obrazini ochib berish demakdir. Oʻz navbatida, bunda rassom ichki dunyosi, uning hissiyotlari va qarashlari ham muhim rol oʻynaydi. Yaxshi rassom, yaxshi ijodkor boʻlish uchun, avvalo, inson qalbi ezgulikparast boʻlishi kerak. Har bir narsadan, qanday holatda boʻlishidan qatʼiy nazar, uning yaxshi tomonlarini koʻra oladigan sinchkov inson boʻlishi talab qilinadi. Shuningdek, ijodkorning tasavvuri juda keng boʻlishi zarur. Rassom zoʻr rasm chizishi mumkin, lekin u rassom boʻla olmasligi mumkin. Rassom hayotiy obrazni ichki dunyosi, hissiyotlari va ranglar bilan tasvirlab bera olishi kerak. Toki, rasmni koʻrgan odam hech qanday izohlarsiz undagi hayotni his qila olsin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suratlarda hayot aksi, minnatdorlik hissi...
Жамият
18:46 / 09:10:2019