O‘zbekiston Superligasining 24-turi o‘z nihoyasiga yetdi. Turning so‘nggi kunida uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, "Sho‘rtan" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Farg‘onadagi "vodiy derbisi”da "Neftchi" klubi "Andijon" ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Navoiyda esa "Qizilqum" "Mash’al"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

24-tur yakunlariga ko‘ra, "Nasaf" 53 ochko bilan peshqadamligini saqlab turibdi. "Neftchi" 51, "Paxtakor" esa 46 ochko jamg‘argan holda kuchli uchlikni yakunlab bermoqda. "Dinamo" – 44, OKMK – 40 ochko bilan 4- va 5-o‘rinni band etgan.

6–10-o‘rinlarda "Bunyodkor" – 40, "Navbahor" – 37, "Qizilqum" – 29, "So‘g‘diyona" – 28, "Qo‘qon-1912" – 26 ochko bilan qayd etilgan.  

"Andijon" va "Surxon" jamoalari 25 ochkodan jamg‘argan holda 11–12-o‘rinlarni egallagan. "Mash’al" 23 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. "Buxoro" va "Xorazm" 21 ochko, "Sho‘rtan" esa 12 ochko bilan jadvalning so‘ngida qolmoqda.

Superliganing 25-tur uchrashuvlari 2025 yil 16–19 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliganing 24-turi o‘z yakuniga yetdi