Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-turini bugun, 25 sentyabr kuni “Nasaf” va “Xorazm” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlab beradi.

Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tkaziladigan ushbu uchrashuv soat 20:15 da start oladi. O‘yinni Rustam Choriyev bosh hakam sifatida o‘tkazadi. Unga qanotlarda Sardor Hakimov va Akmal G‘iyosov yordam bersa, ularni Viktor Serazitdinov nazorat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda milliy chempionatimizda “Nasaf” 49 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Xorazm” esa 20 ochko to‘plagan holda 15-o‘rindan joy olgan. Darvoqe, ushbu jamoalarning bu yilgi mavsumdagi ilk o‘yini 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Milliy chempionatimizning 23-turidan o‘rin olgan boshqa uchrashuvlar bilan quyida tanishasiz:  

26.09.2025:  "Andijon" – OKMK;

27.09.2025: "Navbahor" – "Qizilqum";

28.09.2025: "Qo‘qon-1912" – "Bunyodkor";

29.09.2025: "Dinamo" – "Sho‘rtan", "Paxtakor" – "Surxon";

30.09.2025: "Mash’al" – "Buxoro",  "So‘g‘diyona"  – "Neftchi".

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliganing 23-turi Qarshida boshlanadi