Superligada “Neftchi” hamda “Bunyodkor” jamoalari peshqadam
FOTOREPORTAJ
Bugun Coca Cola Superligasi doirasida “Paxtakor” — “Qizilqum” uchrashuvi bilan 5-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi.
Poytaxt futbol klubining 1-goliga Abbos Fayzullayev mualliflik qildi. 2-gol Aziz Turg‘unboyev nomiga qayd etilgan bo‘lsa, “Paxtakor”ning so‘nggi golini Dragan Cheran kiritdi. Navoiy klubidan Viktor Mbaoma javob to‘pini kiritdi: “Paxtakor” – “Qiziqum” 3:1.
[gallery-11372]
Tur natijalari bilan tanishtiramiz: “Turon” – “Olimpik” 0:1, “Buxoro” – “Bunyodkor” 0:2, “So‘g‘diyona” – “Metallurg” 2:2, “Andijon” – “Neftchi” 0:2, “OKMK” – “Navbahor” 2:1, “Nasaf” – “Surxon” 3:2, “Paxtakor” – “Qizilqum” 3:1.
Futbol bo‘yicha oliy liga jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan mamlakat chempionati bahslarida Farg‘onaning “Neftchi” hamda Toshkentning “Bunyodkor” futbol klublari karvonboshilik qilmoqda. Ikkala jamoa ham 5 ta o‘yindan 13 tadan ochko to‘plagan. 3-o‘rinni esa Olmaliqning “OKMK” jamoasi 10 ochko bilan egallab turibdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA