Superligada bugun bitta öyin bor
Özbekiston Superligasining 26-turidan örin olgan uçraşuvlar davom etmoqda. Tur doirasida Namanganda vodiy derbisi bölib ötdi. Şuningdek, Muborak va Termiz şaharlarida ham navbatdagi bahslar ötkazildi.
Namangandagi «Markaziy» stadionda keçgan vodiy derbisida «Navbahor» «Andijon» jamoasini mağlub etdi. 23 ming 152 nafar muxlis guvoh bölgan uçraşuvning birinçi bölimida hisob oçilmadi. Ikkinçi bölimning 58-daqiqasida Husayn Norçayev tomonidan kiritilgan gol namanganliklarga ğalaba keltirdi — 1:0.
Muborakda «Maşʼal» öz maydonida Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qildi. Uçraşuv mehmonlarning işonçli ğalabasi bilan yakunlandi. Jahongirbek Abdusalomov 16-daqiqada hisobni oçgan bölsa, ikkinçi bölimda Anvar Hojimirzayev (50) va Firdavs Abdurahmonov (61) yana ikkita gol kiritib, samarqandliklarga 3:0 hisobidagi ğalabani taqdim etdi.
Termizdagi bahsda «Surxon» va «Nasaf» jamoalari oçkolarni bölişib oldi. Uçraşuvning 66-daqiqasida Tornike Dzebniauri mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Biroq 73-daqiqada Sardorbek Bahromov muvozanatni tiklab, «Nasaf»ga bir oçko taqdim etdi — 1:1.
Uşbu natijalardan söng, «Navbahor» 52 oçko bilan 3-örinni mustahkamladi. «Nasaf» 42 oçko bilan 4-örinni egallab turibdi. «Dinamo» 34 oçko bilan 9-öringa kötarildi. «Andijon» 31 oçko bilan 10-poğonada, «Surxon» 30 oçko bilan 12-örinda bormoqda. «Maşʼal» esa 4 oçko bilan turnir jadvalining sönggi, 16-poğonasidan joy olgan.
Bugun, 1-noyabr kuni Superliga 26-turidan örin olgan «Lokomotiv» – «OKMK» uçraşuvi bölib ötadi. Toşkentdagi bahs soat 16:00 da boşlanadi. Uşbu uçraşuvdan söng 26-tur doirasida 14-noyabr kuniga belgilangan «Neftçi» – «Bunyodkor» bahsi qoladi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA