Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turi bugun, 16 may kuni start oladi va 19 may kuniga qadar o‘tkaziladi.

Milliy chempionatimizning ushbu turini Termiz shahrida joylashgan “Surxon Arena” stadionida soat 20:00da boshlanadigan  “Surxon” – “So‘g‘diyona” jamoalari bahsi boshlab beradi.

Ushbu uchrashuv oldidan har ikkala jamoaning o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak. “Surxon” va “So‘g‘diyona” qarama-qarshiligi Superligada (Oliy liga) 1992 yildan buyon bo‘lib o‘tadi va bugunga qadar ushbu musobaqada jami 34 ta uchrashuv o‘tkazilgan. Ularda “Surxon” jami 16 marotaba g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” klubi 15 ta o‘yinda zafar quchgan. Qolgan uch o‘yin durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 49/56 - “So‘g‘diyona” foydasiga.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, “So‘g‘diyona” jamoasi 2022 yildan buyon “Surxon” klubini yenga olmayapti. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Jizzax sharafini himoya qilayotgan mazkur klub 2022 yilning 18 may kuni safarda 2:4 hisobida “Surxon”ni taslim qilgan edi. Biroq ushbu o‘yindagi muvaffaqiyatdan so‘ng qatorasiga beshta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramoqda.

Shu tariqa, bugungi bahsda “So‘g‘diyona” uzoq kutilayotgan g‘alaba uchun bor kuchi bilan harakat qilishi shubhasiz. Biroq, so‘nggi uchrashuvlarda bu jamoaning o‘yini qovushmayapti. “Surxon” esa o‘z maydonida kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda.

Darvoqe, mazkur uchrashuvni Ismoil Ibrohimov bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Samandarov va Akmal Sultonov yordam bersa, zaxira hakami sifatida Shohinur Boymatov faoliyat olib boradi.  

Superliganing 10-turida quyidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz:

17 may: “Qo‘qon-1912” – “Nasaf”, “Sho‘rtan” – “Andijon”, “Buxoro” – “Dinamo”;  

18 may: “Qizilqum” – “Paxtakor”, “Xorazm” – “Mash’al”, “Bunyodkor” – “Navbahor”;  

19 may: OKMK – “Neftchi”.  

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston milliy chempionatining 9-tur yakuniga ko‘ra, OKMK 22 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib olgan bo‘lsa, “Nasaf” 19,  “Dinamo” 18 ochko jamg‘arib, kuchli uchlikni yakunlab berdi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: “Surxon” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi 10-turni boshlab beradi