Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ikkinchi turi doirasida "Neftchi" – "Qo‘qon-1912", "Buxoro" – "Qizilqum" jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazilgan “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” klublari o‘rtasidagi o‘yinda hisob ochilmadi.
Poytaxtimizdagi “JAR”stadionida o‘tgan "Buxoro" - "Qizilqum" bahsi 2:0 hisobida yakunlandi. Ushbu uchrashuvdagi gollarga
Ravshan Xayrullayev va Javohir Ro‘ziyev mualliflik qildi.

Mazkur natijalardan so‘ng “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” klublarining ochkolari 2 taga, “Buxoro” hamda "Qizilqum" hisobidagi ochkolar esa 3 taga yetdi.

Milliy chempionatimizda bugun, 15 mart kuni ikkinchi tur doirasida "Sho‘rtan" – "Bunyodkor", "Dinamo" – "Mash’al" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA