Bugun, 5 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turini “Paxtakor” va OKMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlab beradi.
“Jar” stadionida o‘tkaziladigan mazkur uchrashuv soat 20:00 da boshlanadi. Jamoalar bahsi oldidan ikki klubning o‘zaro o‘yinlar statistikasiga e’tibor qaratsak. Hozirga qadar chempionatlarimiz tarixida jamoalar 35 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning 23 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 bahsda durang qayd etilgan. 7 marta OKMK klubi zafar quchgan. To‘plar nisbati - 60/27 poytaxtimiz klubi foydasiga.

Darvoqe, ayni damda Superliga jadvalida OKMK 30 ochko bilan 4 o‘rinda borayotgan bo‘lsa, "Paxtakor" 29 ochko jamg‘arib, 6 pog‘onada bormoqda. Shu bois ham bu to‘qnashuv keskin va murosasiz o‘tishi shubhasiz.
Quyida 17-turdan o‘rin olgan boshqa uchrashuvlar bilan tanishamiz:
• 06.08.2025: “Navbahor” – “So‘g‘diyona”
• 06.08.2025: “Mash’al” – “Dinamo”
• 07.08.2025: “Qo‘qon-1912” – “Neftchi”
• 07.08.2025: “Nasaf” – “Andijon”
• 08.08.2025: “Xorazm” – “Surxon”
• 08.08.2025: “Qizilqum” – “Buxoro”
• 08.08.2025: “Bunyodkor” – “Sho‘rtan”
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA