Futbol bo‘yicha O‘zbekiston superliganing 4-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Kechagi bahslarda “Neftchi“ va “Navbahor“ jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Vodiy derbisida “Neftchi“ kutilmaganda kambek amalga oshirgan holda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, bu turda “Sho‘rtan“ va “Nasaf“ o‘rtasidagi bellashuvga guvoh bo‘ldik. Ushbu o‘yinda “Nasaf“ 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bugun, 6 aprel kuni, OKMK – “Dinamo”, “So‘g‘diyona” – “Paxtakor”, “Andijon” – “Mash’al” ishtirokida o‘yinlar tashkil etiladi.

Bu turda “Andijon” va “Mash’al” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Mazkur jamoalar milliy chempionatimiz davomida jami 34 marotaba o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, “Andijon” ushbu o‘yinlarda 11 marotaba zafar quchgan, “Mash’al” hisobida esa 18 g‘alaba bor. 5 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 38/50 muborakliklar foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Mash’al” qarama-qarshiligi 6 aprel kuni “Bobur arena”da soat 17:45 da boshlanadi.
Superliganing 4-tur o‘yinida joy olgan “So‘g‘diyona“ va “Paxtakor” jamoalari ham o‘zaro raqobatlashadi. Ushbu jamoalarning bugunga qadar o‘tkazgan 58 uchrashuvining 44 tasida “Paxtakor” g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 7 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 7 bahsda raqibning qo‘li baland kelgan . To‘plar nisbati 135/47 “Andijon” foydasiga.
“So‘g‘diyona“ va “Paxtakor“ jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 6 aprel, yakshanba kuni soat 18:00da “So‘g‘diyona“ stadionida boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA