Superliga: 15-turning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy tarkib tuzildi
Ushbu turning eng yaxshilari saralangan ramziy tarkibda Qarshining “Nasaf” hamda Namanganning “Navbahor” klublari 3 nafardan futbolchisi bilan eng ko‘p vakillikka ega bo‘ldi.
Superligada 15-tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqildi.
Ushbu turning eng yaxshilari saralangan ramziy tarkibda Qarshining “Nasaf” hamda Namanganning “Navbahor” klublari 3 nafardan futbolchisi bilan eng ko‘p vakillikka ega bo‘ldi. Shuningdek, Termizning “Surxon” jamoasidan 2 nafar, “Paxtakor”, “Buxoro” va “So‘g‘diyona” klublaridan bir nafardan futbolchi ro‘yxatdan joy oldi.
Superliga, 15-tur ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”)
Himoyachilar: Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Tahsin (“Paxtakor”), Sunnatulla Shukrullayev (“Surxon”)
Yarimhimoyachilar: Ruslanbek Jiyanov (“Navbahor”), Mamasidiqov (“Buxoro”), Fraydey (“Surxon”), Usmonov (“Navbahor”)
Hujumchilar: Lyupcho Doriyev (“So‘g‘diyona”), Hüseyn Norchayev (“Navbahor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Nasaf”)
