Sun’iy intellektning shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvidagi o‘rni
Ibroxim Xakimovich ATAMIRZAEV yuridik fanlar boʻyicha (PhD) falsafa doktori Namangan davlat universiteti Namangan, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’siri nazariy-metodologik va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida huquqiy ong, huquqiy madaniyat va huquqiy faollikning shakllanishida algoritmik tizimlarning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, undan algoritmik boshqaruv, raqamli davlat, elektron sudlov va huquqiy ta’lim sohasida foydalanish istiqbollari ilmiy asoslangan.
Tayanch so‘zlar: sun’iy intellekt, huquqiy ijtimoiylashuv, huquqiy ong, algoritmik adolat, raqamli davlat, elektron sudlov, huquqiy madaniyat.