Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.
Qisqa davrda davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yo‘nalishlarda 30 dan ortiq pilot loyihalar ishga tushdi.
O‘tgan yili Sun’iy intellektni 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Raqamli texnologiyalar vazirligida mazkur soha bilan ishlaydigan alohida markaz tashkil etildi.
Bir yilda mamlakatimiz sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqoriladi. Eslatib o‘tish joiz, dunyoda 70-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rindamiz.
O‘zA