Prokuratura organlari xodimlarining bilim va malakasini oshirib borishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda va dunyoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va islohotlar bilan xodimlarni chuqurroq tanishtirish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida turli sohalarning yetuk mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shu maqsadda Bosh prokuraturada “Sun’iy intellekt imkoniyatlarini prokuratura tizimiga joriy qilish“ mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Bosh prokuratura, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, Harbiy va Transport prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja, “AIM Laboratory” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Hikmatilla Ubaydullayev va boshqalar ishtirokchilarni mavzu yuzasidan eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirdi.
Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash zarurligi qayd etildi. Ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ham dolzarb ahamiyatga ega.
Tadbirda ishtirokchilar ham mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
N.Abduraimova, O‘zA