Bugun ilm-fan yutuqlarining samarali ko‘rinishlarindan biri bu sun’iy intelekt hisoblanadi. Mamlakatimizda ham axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030-yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Xo‘sh, bu texnologiya qachon qayerda paydo bo‘lgan?

Ushbu sohasida o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari olib borilgan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur yo‘nalishda dastlabki tadqiqotchi hisoblanadi. Keyinchalik olim o‘zining nomi bilan atalgan “Tyuring testi” tartibini ishlab chiqdi.

Sun’iy intellekt AI (Artificial intelligence) qisqartmasi bilan tanilgan va inson aqlini mashinalarda qayta yaratish jarayoni sifatida ahamiyatga ega. Gartner hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellektni o‘zlashtirish 2018-2022 yillarda 4 foizdan 25 foizgacha o‘sgan. Ko‘pgina yangi va rivojlanayotgan texnologiyalar sun’iy intellektga kiritilgan. Gigant tashkilotlarning startaplari ish unumdorligini oshirish, ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish uchun sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha yirik musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Mutaxassislar tomonidan sun’iy intellektga to‘rtinchi sanoat inqilobining asosi sifatida qaralmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida rivojlanayotgan davlatlarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli xorijiy tajribalardan quyidagi loyihalarini ko‘rib chiqish mumkin: masalan, Janubiy Afrika Respublikasida amalga oshirilgan “Harambee” loyihasi ijtimoiy yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu dastur sun’iy intellekt yordamida kasbiy-malakaviy moslikni aniqlab, ish izlovchilar bazasini shakllantiradi va ularga turli me’yorlarga asosan tegishli mos bo‘sh ish o‘rnini taklif qiladi. “ Harambee ” qisqa davr ichida asosan xususiy va norasmiy sektorda yoshlarni ish bilan ta’minlagan. Sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni O‘zbekiston sharoitida mavjud dasturlar va davlat idoralaridagi ma’lumotlar bazasini integratsiyalashtirish va kengaytirish orqali bir qator istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqish mumkin.

Aytish mumkinki, ushbu texnologiya ma’lumotlar ba’zasini tashkil etib, undagi faktlar, tahlillar, raqamlar jamlanmasi turlicha bo‘ladi.  Mamlakatimizda hozirgi kunda ushbu texnologiyaning quyidagicha ma’lumotlar bazasidan oqilona foydalanmoqda:

• Identifikatsiyalash yagona tizimi – (id.gov.uz);

• O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali – (data.gov.uz); 

• Elektron hukumat tizimi ma’lumotlar bazasi – (my.gov.uz); 

• Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlar bazasi – (davxizmat.uz);

• Turli vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasi.

Umumiy sun’iy intellekt – bu har qanday kognitiv vazifani hal qilish, har qanday intellektual funksiyani bajarish va inson aqliga o‘xshash yangi vaziyatlarga moslashish qobiliyatiga ega bo‘lgan sun’iy intellekt darajasi. Uning xususiyatlariga muayyan muammolarni hal qilishda yuqori samaradorlik, lekin o‘rganish va moslashish qobiliyati cheklanganligini keltirish mumkin. Misol uchun, qidiruv tizimlari, tavsiya tizimlari, nutqni avtomatik aniqlash, kompyuterda ko‘rish, turli onlayn o‘yinlarida ko‘rish mumkin. Shuningdek,  super sun’iy intellekt barcha jihatlar va vazifalar, jumladan, aql, ijodkorlik va muammolarni o‘ziga xos hal qilish bo‘yicha inson aql-zakovatidan ustun turadigan sun’iy intellekt darajasini anglatadi. 

Sun’iy intellektning insoniyat hayotida ham ijobiy, ham salbiy jihatlari bor. Ijobiy tomonlari: 

sun’iy intellekt ko‘plab muntazam va takrorlanuvchi vazifalarni avtomatlashtirishi, samaradorlikni oshirishi mumkin; 

kasalliklarni tashxislash, epidemiyalarni bashorat qilish va shaxsiylashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin; 

onlayn xaridlar, striming xizmatlari va boshqa platformalarda shaxsiy tavsiyalar yaratish uchun ishlatiladi; 

tendensiyalarni bashorat qilish, biznes jarayonlarini optimallashtirish va asosli qarorlar qabul qilish uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi; 

robototexnika, avtonom transport kabi sohalarda yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirishga yordam beradi; 

imkoniyati cheklanganlarga yordam berish, uy ishlarini avtomatlashtirish va shahar infratuzilmasi uchun aqlli yechimlarni taqdim etish orqali hayot sifatini yaxshilashi mumkin. 

Lekin sun’iy intellektning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda uning salbiy tomonlarini ham e’tiborga olish joiz:

avtomatlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish ish o‘rinlarining qisqarishiga va mehnat bozorida talab qilinadigan ko‘nikmalarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin; 

sun’iy intellektdan foydalanish ma’lumotlarni ommaviy yig‘ish va tahlil qilish imkoniyati tufayli shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin; 

axloq va mas’uliyat, ayniqsa, avtonom qurollar, yuzni tanib olish va algoritmik qarorlar qabul qilish kabi sohalarda tahdidlar tug‘iladi; 

texnologiyalarga bog‘liqlik tanqidiy fikrlash va sezgi asosidagi qarorlarni qabul qilinishini kamaytirishi mumkin; 

sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli ta’limdan foydalanish tufayli tengsizlikning kuchayishi xavfi; 

algoritmlarida hisobdorlik va shaffoflik masalalari, ayniqsa, odamlar hayotiga ta’sir etuvchi muhim qarorlarni qabul qilishda tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.

Albatta, zamonaviy texnologiyalar davrida insoniyat ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lib kelmoqda. Aynan yuqorida sanab o‘tilgan qidiruv tizimlari buning yaqqol, oddiy misoli hisoblanadi.

Sun’iy intelektning ijobiy-insoniyat og‘irini yengil qilish kabi funksiyasi, uning vaqt borasida muammolarini yechishdagi o‘rni alohida ahamiyatga ega. Biroq hissiy imkoniyatlari, xarakteriga ta’siri haqida ham o‘ylab ko‘rish kerak. Masalan, endilikda u oddiy telefon raqamlarini ham eslab qolishga intilmaydi. Yoki bo‘lmasa berilajak savol javobini kitob o‘qib emas, tayyor sun’iy intelektning-chatgpt orqali topmoqda.

Texnologiya “mijozi”ning talabiga asosan inshodan tortib, hikoya va diplom ishigacha yozib berishi mumkin. Shuningdek, u har qanday savolga batafsil javob berib, insonlar bilan erkin muloqot qila oladi. Qolaversa, ko‘z ochib yumguncha fursatda murakkab mavzularda ixcham materiallar tayyorlash “qobiliyatiga ega”. Biroq bunday “beminnat yordam” oqibatida ko‘plab yoshlar o‘qib-izlanishni yig‘ishtirib, asosiy masalalarni ushbu dasturlar zimmasiga yuklab qo‘yishmoqda. Diplom va kurs ishlari, mustaqil ish kabi akademik vazifalar chat-botlar yordamida yozilmoqda. Bunday materiallar inson tomonidan yozilgan ishlarga shunchalik o‘xshashki, aksariyat hollarda ularni farqlashning imkoni yo‘q. Bundan tashqari aqliy tanballik yuzaga keltiradi. Umuman olganda, kelib chiqadigan muammolarga bir xil yondashuv yoki savollarga bir xilda javob berish fikrsizlikka olib keladi. Ayni xavf ham shunda aslida. Mutaxassislar fikricha, sun’iy intellektning kelajagi faqatgina insonlar undan qanday maqsadlar yo‘lida foydalanishga qaror qilishiga bog‘liq. Ayni paytda ushbu sun’iy intellekt ishlanmalari ham kuchli manipulatsiya vositasiga aylanishi mumkin. Bugun videolavhalar tayyorlashga ixtisoslashgan “deepfake” va mustaqil ravishda rasmlar chizuvchi “Midjourney” dasturlari misolida bunga guvoh bo‘lmoqdamiz. Uning yordamida ishlangan kulgili tasvirlar yuqumli virus kabi tarqalmoqda. Oqibatda taniqli insonlar hatto siyosiy elita vakillarini obro‘sizlantirish oqibatda esa jamiyatda turli anglashilmovchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Botlar yordamida amalga oshirilayotgan qanchadan qancha kiberjinoyatlar ham mazkur texnologiyaning “mevasi” sifatida ko‘rish mumkin. 

Biroq bu kabi texnologiyalar “kaliti” inson qo‘lida ekanini anglagan holda uni foydali jamiyat va odamlar hayotiga manfaatli maqsadlarda foydalansa, o‘ylaymizki, bugungidanda farovonroq hayotga erishiladi.

Elbek Islomov, Shohista Yunusaliyeva,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intelekt “kaliti” inson qo‘lida