Sunakning Britaniya yangi Bosh vaziri bo‘lishi kutilmoqda
Penni Mordont o‘z nomzodini qaytarib olgach, Buyuk Britaniyaning sobiq moliya vaziri Rishi Sunak konservativ partiyaning yangi yetakchisi etib saylandi. Bugun Karl III bilan ko‘rishgach, uning Britaniyaning yangi Bosh vaziri bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “Bi-Bi-Si” xabar bermoqda.
42 yoshli siyosatchi o‘zining 84 soniyalik ilk chiqishida, butun mamlakat bo‘ylab birlikni ta’minlashni o‘zining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishini aytib o‘tdi.
“Birlashgan Qirollik buyuk davlat, lekin biz shubhasiz chuqur iqtisodiy muammoga duch kelyapmiz. Bizga barqarorlik va hamjihatlik kerak. Men partiya va mamlakatda hamjihatlikni ta’minlashni o‘zimning ustuvor vazifam, deb bilaman”.
“Men sizlarga halollik va kamtarlik bilan xizmat qilishga va’da beraman”, dedi Sunak.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Sunakni tabrikladi.
“Sizni samimiy tabriklayman, Rishi Sunak. Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo‘lganingizda, men global muammolar va 2030 yilga qadar yo‘l xaritasini amalga oshirish bo‘yicha yaqin hamkorlikni intiqlik bilan kutib qolaman”, deb yozdi Modi o‘z ijtimoiy sahifasida.
O‘zA
.