Vatanimiz tarixidagi 25 iyun sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1194 yil (bundan 831 yil oldin) – hijriy 590 yil rajab oyining to‘rtinchi kuni (milodiy 1194 yil 25 iyun)da anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan xorazmshoh Takash G‘arbiy Erondagi Saljuqiylarga tobe bo‘lgan Iroq sultonligining poytaxti Hamadonni va Iroq Ajamining ko‘p qismini egalladi va o‘z amirlariga bo‘lib berdi.

1430 yil (bundan 595 yil oldin) – tarixchi olim Fasih Xavofiyning ma’lumot berishicha, mashhur muarrix  va geograf Hofizi Abro‘ Shohrux mirzo bilan Ozarbayjonga qiliigan yurishdan Hirotga qaytayotgan chog‘da Sarcham nomli joyda vafot etdi (tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning yozishiga qaraganda, muarrix 1431 yilning 12 iyun – 10 iyulida Zinjon shahrida qazo qilgan). Hofizi Abro‘ dunyoning yaralishidan to 1426–1427 yilgacha yuz bergan voqea-hodisalar bayon etilgan to‘rt jildan iborat “Sultonga bag‘ishlangan tarixlar yig‘indisi” asarining muallifi hisoblanadi. Asarning to‘rtinchi “Boysung‘urga atalgan tarixlar sirasi” jildi Shohrux mirzoning o‘g‘li Boysung‘ur mirzoga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Amir Temur va temuriy mirzolar tarixi aks ettirilgan.

1739 yil (bundan 286 yil oldin) – o‘z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab Mirzo Ulug‘bekning “Ziji”ni lotin tiliga tarjima qilgan Peterburg akademiyasining birinchi akademik-astronomi Jozef Nikola Delil “Zij” haqida Peterburg akademiyasida fransuz tilida nutq so‘zladi. 

1916 yil (bundan 109 yil oldin) – Rossiya imperatori Nikolay II “Imperiyadagi boshqa millatdan bo‘lgan erkaklarni harakatdagi qo‘shin hududidagi mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo‘llarini qurish ishlariga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan har qanday yumushlariga jalb qilish haqida” farmon chiqardi. Unga ko‘ra Turkiston general-gubernatorligidagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklar Rossiyaga jo‘natilishi kerak edi. Bu farmon tub aholi orasida “mardikorlikka olish” iborasi bilan keng tarqaldi va xalq g‘azabini qo‘zg‘ab, Turkiston qo‘zg‘oloniga sabab bo‘ldi.

1917 yil (bundan 108 yil oldin) – jadidchilik harakatining yirik vakili Abdurauf Fitrat Samarqand jadidlari tomonidan chiqarilgan “Hurriyat” gazetasining bosh muharriri bo‘ldi. Fitrat maqolalarining birida shunday yozgan edi: “Jahonning hamma o‘lkalarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar yoshlarning faol ishtiroki bilan o‘tmoqda. Samarqandning ravnaqi va baxtu saodati sizlarning ongli harakatlaringizga bog‘liq. Sizlar o‘z uylaringizga kirib biqinib olganingiz bilan hech narsa o‘zgarmaydi”.

1917 yil (bundan 108 yil oldin) – Toshkentda Turkiston musulmon markaziy sho‘rosining nashri sifatida Ahmad Zaki Validiy va Munavvarqori muharrirligida “Kengash” gazetasi chop etila boshlandi. Uning ilk sonida Ahmad Zakining “Saylovda musulmon xotunlarining ishtiroki” sarlavhali maqolasida o‘sha davrdagi eng dodzarb muammolardan biri ko‘tarilgan. 

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Yer ishlari bo‘yicha Xalq Komissarligi chorvachilikka doir 399-sonli qaror qabul qiladi. Mazkur qaror yilqilarni an’anaviy usullarda boqishni davom ettirishni nazarda tutgan va ushbu sohani himoya qilishga qaratilgan edi. Shuningdek, bu qaror zotdor otlar naslini davom ettirishni ko‘zda tutgan. Biroq, mazkur qaror mayda tuyoqli chorva va qoramolchilikni rivojlantirishni ko‘zda tutmagan edi.

1947 yil (bundan 78 yil oldin) – iqtisodchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Saidahror G‘ulomov tavallud topdi. U 1998–2004 yillarda O‘zbekiston Reslikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘lgan. Saidahror G‘ulomov 1997 yilda “Do‘stlik” ordeni va 2000 yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

1949 yil (bundan 76 yil oldin) – O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining byurosi “O‘zbekiston yozuvchilar soyuzining ishi to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Unda Abdulla Qahhorning “Qo‘shchinor chiroqlari” romani tanqid qilindi. Yozuvchilardan Oybek, Mirtemir, Hamid G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, M. Boboyev, A. Qayumov va boshqa yozuvchilar badnom qilindi. “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka” jurnallarining tahririyatlariga bir qator “yaramas” asarlar chop etishga yo‘l qo‘ygan, degan jiddiy ayblar qo‘yildi.

1959 yil (bundan 66 yil oldin) – SSSR Oliy Sudining Harbiy kollegiyasi 1938 yil 5 oktyabrda chiqarilgan hukmni bekor qilib, taraqqiyparvar inson, birinchi o‘zbek foto va kinooperatori, rejissyori Xudoybergan Devonovni oqladi.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchixonasi ochildi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Saylov kodeksi” tasdiqlandi. Mazkur kodeks 18 bob, 103 moddadan iborat.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Prezident maktablari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”, “Toshkent shahrida Vestminster xalqaro maktabini tashkil etish to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kurash mahorat maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sultonga bag‘ishlangan tarixlar yig‘indisi” nomli asar yozgan muarrixni bilasizmi?