Sultonaliyev Dostonjon Dilshod o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Temir yo‘l vagonlari tarozilarini tekshirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzuda
Sultonaliyev Dostonjon Dilshod o‘g‘lining 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poyezdlarni tortish va elektrlashtirish” ixtisosligi bo‘yicha “Temir yo‘l vagonlari tarozilarini tekshirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzudagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 12 dekabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy. Toshkent davlat transport universiteti bosh binosi, 259-auditoriya.
Tel.: +998 71 299-00-01
e-mail: rektorat@tstu.uz