Sukunatda so‘zlagan ranglar(+video)2-qism
Rassom Elnur Egamov asarlarida hayot, jamiyat va insonga oid chuqur savollar yashirin. Uning ko‘rgazmalari san’at namoyishidan ko‘ra, tomoshabinni mulohazaga chorlovchi, ko‘ngilni bezovchi suhbatdir. Bu san’atning ta’sir kuchi nimada?
Rassomning har bir asarida hayotga bo‘lgan munosabat, jamiyatdagi muammolar va insonni o‘ylantiruvchi savollar mujassam. Shu bois uning har bir ko‘rgazmasi nafaqat san’at namoyishi, balki tomoshabinni mulohazaga chorlovchi o‘ziga xos suhbatdir.
Elnur Egamov qator ko‘rgazmalari bilan san’at ixlosmandlari e’tiborini qozongan. 2022-yilda «Paradoks», 2023-yilda «Nostalgiya», 2024-yilda esa «Mif: Unutilgan afsonalar» nomli ko‘rgazmalarini taqdim etdi.
Uning asarlariga nazar tashlar ekansiz, rassomning bu jamiyatdagi hech bir voqea va muammoga befarq emasligini his qilasiz. Uning san’atida savol bor, izlanish bor, ba’zan esa javob topishga undaydigan sukut bor. “Ayol”, “Oila”, “Otilmagan odam”, “Zangori ekran”, “Renessans”, “Unutilgan DNK”, “Yozilmagan qonunlar”, “Tumor”, “Dinlar”, “G‘alaba” kabi asarlarida rassom inson, jamiyat, xotira, qadriyat va zamon haqidagi qarashlarini turli obrazlar orqali ifodalaydi.
Munira Ramazonova, Doniyor Yakubov, Iskandar Ismatov, O‘zA