FOTOREPORTAJ

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ Farg‘ona filialida  “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.  Ishtirokchilar   filial faoliyati bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

 Ta’kidlash o‘rinliki, sug‘urta kompaniyasi 29 yillik faoliyati davomida  bozor iqtisodiyotida o‘z o‘rni va mavqeini mustahkamlash bilan birga   malakali, yetuk kadrlarni yetishtirishga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Tadbirda filial direktori A. Mamasaidov yoshlarning, ishlash istagida bo‘lgan ishtirokchilarning sug‘urta sohasi bo‘yicha salohiyatini va sug‘urta biznesidagi amaliy ko‘nikmasini oshirish, kasbiy tayyorgarlik sifatlarini takomillashtirish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha ma’lumot berdi.

[gallery-14430]

“Ochiq eshiklar kuni”da  ishtirok etgan  Farg‘ona davlat universitetining “Sug‘urta ishi” yo‘nalishi talabalarining amaliy ko‘nikmasini mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi. 

– Kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishib, mutaxassisligim doirasida shu yerda amaliyot o‘tashni niyat qildim, - deydi  Farg‘ona davlat universiteti 2-kurs talabasi Mavluda Habibullayeva. – Kelgusida ilk ish faoliyatimni shu yerda boshlasam ham, ajab emas. Bu yerda yosh kadrlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, havas qildim.    

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta bozori rivoji malakali yosh kadrlarga bog‘liq