🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Sug‘urta agentlari tomonidan sug‘urta polislari talon-toroj qilingan

Sug‘urta agentlari tomonidan sug‘urta polislari talon-toroj qilingan
Jamiyat
Tanlaş
18:44 / 01.11.2021

Sug‘urta agentlari tomonidan sug‘urta polislari talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tadbirkor K.D. va K.R. “A.” MCHJ shaklidagi sug‘urta kompaniyasining 662,1 million so‘mlik 5 ming 395 dona sug‘urta polisini bitim asosida olib, ularni realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larni jamiyatga o‘tkazmasdan o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro A.A. tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqaro K.ga “Daxbet suv inshooti” korxonasiga qarashli 0,21 gektar yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu joyda ishlab chiqarish sexi qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 23 ming 100 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shuningdek, Uychi tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ham fosh etildi. Qayd etilishicha, Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R. Chortoq tumanidagi “W.” fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonining 8 gektarini fuqaro B.ga 17 ming dollar evaziga tanishlari orqali olib berishni va’da qilib, 5 ming dollar va 53,7 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Muallif: shaxnozamamaturopova