Sug‘urta xizmatlari takomillashmoqda
Milliy matbuot markazida «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi va «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Milliy matbuot markazida «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi va «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.Mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish, sug‘urta tashkilotlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy, tashkiliy-texnik shart-sharoitlar yaratish, aholi va mijozlarga qulay joylarda sug‘urta xizmatlari ko‘rsatuvchi shoxobchalar tashkil etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohaga doir qonun hujjatlari bunda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
“Kafolat sugurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatida ham majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini hisoblash hamda tuzilayotgan shartnomalarning to‘g‘riligini nazoratga olish maqsadida markazlashgan komputer dasturi ishlab chiqilib, barcha bo‘linmalarga o‘rnatilgani mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda. Jumladan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish boshlangandan buyon kompaniyada ikki millionga yaqin sug‘urta polisi sotildi.
– 2015-yil yakunlariga ko‘ra majburiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha mamlakatimiz sug‘urta bozorida 21,9 foiz ulush bilan jamiyatimiz birinchi o‘rinda bormoqda, – deydi Sug‘urta departamenti bosh menejeri Azamat Rahmatullayev. – Sug‘urtaning asosiy vazifalaridan biri jabrlanganlarning mulkiy manfaatlarini himoyalashdir. Shu bois joriy yilda transport hodisalarida jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash uchun 9,6 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.
Anjumanda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan vazifalar xususida ham so‘z yuritildi. Mazkur qonun xodimning mehnat vazifalarini bajarishi jarayonida uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha huquqiy himoyasini kuchaytirish, ish beruvchining mulkiy manfaatlarini himoya qilish, xodimlarning mehnat sharoitlarini zamon talablariga mos ravishda yaxshilash va xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. 2015-yilda ushbu sug‘urta turi bo‘yicha 6,75 milliard so‘mdan ziyod sug‘urta mukofoti tushirildi. 470 dan ortiq hodisada 12,4 milliard so‘m to‘lab berildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.