Agarda, kredit nizosi bo‘yicha bir sudya bir kunda bitta nizo tomonlarini murosaga keltirsa, kamida bir ish o‘rnini saqlanib qoladi yoki bir oilaning ijtimoiy ahvoli yomonlashmaydi.

Bu kabi holatga butun respublika sudlari bo‘yicha olib qaralsa, bir kunda kamida 200 ish o‘rni saqlanib qolinadi yoki 200 oila ahvoli yomonlashmaydi.

Ushbu jarayonni 5 ish kunidan iborat bir haftaga, keyin bir oyga, keyin bir yilga ko‘paytirib hisoblab ko‘ravering natijadan hayratda qolasiz.

O‘tgan yil yakuni bo‘yicha Toshkent shahar tumanlararo sudlaridagi jami ishlarning 2871 tasi, ya’ni sal kam 9 foizi bo‘yicha fuqarolik ishlar ko‘rmasdan qoldirilgan.

Ana shu ko‘rmasdan qoldirilgan 2871 ta ishlarning 1952 tasini da’vogar tomonidan berilgan ishni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi arizaga asosan ko‘rmasdan qoldirilgan ishlar tashkil etadi.

Demak, jami ko‘rmasdan qoldirilgan ishlarning 67,99 % foizida da’vogarlar arizani ko‘rmasdan qoldirishni so‘ragan.

Aynan ushbu 67,99 foiz (50 foizga yaqini qarzdorlik, kredit bilan bog‘liq nizolardir. Hali ham karantin davrida kredit nizolari kam ko‘rilganligi jarayonida ko‘rsatkich shunday bo‘lgan. Normal holatda esa sudyalarning taraflarni murosaga keltirish orqali nizolarni hal etish imkoni yana ham oshadi) ichida sudyalarning taraflarni kelishtirishga bo‘lgan harakati, ya’ni kredit to‘lovi bo‘yicha taraflarni muzokaraga chaqirish yo‘li bilan nizolarni hal etishi ustuvorlik qiladi.

Misol uchun bitta FIB tumanlararo sudi bo‘yicha, 2021 yilning 1-choragini tahlil etsak, jami ko‘rmasdan qoldirilgan ishlarning 30 foizi yaqin kredit nizolariga oid ishlar tashkil etgan.

Demak, sudyalar tomonidan kreditor va qarzdorni murosaga chaqirish ishlari naf bergan.

Buni imkoniyati bormi deysizmi? Bor albatta. Qanday qilib deysizmi?

Unda avval boshdan boshlaymiz. Avvalo bugun berilayotgan kreditlar, kreditdan ko‘ra, faqatgina banklarning bir taraflama tadbirkorligiga o‘xshaydi. Nega? Chunki kreditdan foydalanganlik foizi juda yuqori va muddat qisqa. Bundan tashqari, tavakkalchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyati bir-ikki yilda o‘zini o‘nglab olishga qaratilgan faoliyat emas? Tahlillarga qaraganda, kamida bu uchun 5-6 yil vaqt talab etiladi.

Xuddi shu kabi mikroqarzlarning ham asosiy qismini bir yilga mo‘ljallangani bu qarz oluvchini foydasiga xizmat qilmaydi. Bu aksioma.

Sababi yana o‘sha, sodda qilib aytganda - foizlarning juda yuqoriligi, publitsistik-rasmiy tilda aytganda esa, xalqaro standartlardan ham ancha yuqoriligidadir.

Bundan, turli davlat dasturlari asosida berilayotgan past foizli kreditlar, ijtimoiy biznes loyihalari mustasno.

Albatta, mazkur jarayonga infilatsiya, markaziy bank foiz stavkasi, kredit resurslari va hakozalar ta’sir etadi.

Aytaylik sudya kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirish va kredit shartnomasini bekor qilish haqida qaror ham qabul qildi. Albatta bu qarorlarning ijrosi zo‘rma-zo‘raki bo‘lsa ham 70 foizga ta’minlanar. Lekin bundan kim yutadi bankmi? Qarzdormi? Jamiyatmi? Davlatmi? Yo‘q bu to‘rtala sub’ektning hech biri yutmaydi. Bu isbot talab etmaydigan haqiqatdir.

Chunki, bank o‘z oldiga qo‘ygan maqsad – kredit shartnomasidan uni yakunlab oladigan muayyan daromadini olaolmaydi. Qarzdor o‘z maqsadi – olingan kredit bilan kami-kustini to‘g‘irlay olmaydi, tadbirkorning esa, biznesi to‘xtaydi.

Bu misolda davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsad – aholiga yaxshi sharoit, ish o‘rni yaratishni, bandlikni ta’minlamaydi, soliq tushumi kamayadi, iqtisodiyotga salbiy ta’sir ortadi va hakozo...

Kredit nizolarini hal etish orqali sud aholi (qarzdor)ga, bank (kreditor)ga, davlat va jamiyatga qanday ko‘mak bera oladi?

Mana shu yerda, qonuniy asos kerak. Qonuniy asos esa, bor. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 201-moddasida sudya arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarganidan so‘ng ishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi.

Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalaridan bir taraflarni yarashtirishdan iborat deb belgilab, qo‘yilgan. Va bu kabi norma Fuqarolik protsessual kodeksining yana bir necha normasida uchraydi.

O‘z navbatida, mavzu doirasida bu qonuniy asos kelishuv bitimi, yarashtiruv institutidan bir oz farq qiladi. Ya’ni, kreditor va qarzdorni o‘zaro murosaga kelishni taklif va tavsiya berish orqali amalga oshiriladi.

Masalan: kreditorga aytiladi «hurmatli kreditor, Siz!» Albatta sizlash kerak... «Qarzdordan kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirish va kredit shartnomasini bekor qilishga da’vo beribsiz...Bu borada Siz qonun o‘z huquqingizdan, shartnoma shartlaridan foydalangansiz, e’tiroz yo‘q...»

Bu qarzdorning aytishi bo‘yicha va ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, u kreditni yaqinda olgan ekan, mana endi 2-3 oydan beri ishlarim yurishdi demoqda, karantindan eson-omon chiqib olibdi, agar lozim topilsa, imkon bersangiz, u kreditdan kelib chiqqan ham asosiy qarzning foizlarini ham foiz qarzdorligini to‘lamoqchiman, faqat imkon beringlar demoqda.

Keling qarzdor o‘zi aytganidek, da’vo talabini qisman to‘lasin, shartnomani bekor qilib, muddati o‘tmagan asosiy qarzdorlikni undirib, bu shaxsni qiynab qo‘yish mumkin, bundan na siz, na u, na davlat va jamiyat yutadi.

Shunday ekan bugungacha bo‘lgan qarzini qoplasa, Siz da’vongizni qaytarib (ko‘rmasdan qoldirish masalasini o‘ylab ko‘ring) oling», aynan mana shunga erishgan sudya nizoni chin ma’noda hal etgan bo‘ladi (agar bunga imkon bo‘lsa).

Albatta qonunni qo‘llab, tezda qaror qabul qilishdan ham osoni yo‘q, unda yuqorida aytganimdek, buni jamiyatga naf kam.

Qonunni qo‘llashgacha ham bor chora ko‘rish, taraflarni murosaga keltirishning bor barcha imkoniyatini ishga solish ham kerak. Protsessual qonun buzilib qoladi, ish ko‘rishni muddati bir oz o‘tib ketadi, gap eshitaman, keyingi muddatga o‘taolmay qolaman degan fikrlardan ko‘ra, bugun olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar jarayoni, «odil sudlov - aziz inson uchun», degan ezgu tamoyilga sobitlik bilan ustuvor qarash lozim.

Negaki, O‘zbekiston Respublikasi FPKsining 201-moddasiga muvofiq, fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish, qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat deb ko‘rsatilgan.

Nazarimda, ijtimoiy adolat qachon ta’minlanadi? Sudning qarorlari bilan nizo hal etilsa, nizo kamaysa, totuvlik qachon bo‘ladi, sudning qarori bilan bir oila o‘zini o‘nglamas bo‘lib, jamiyatdan ajrab qolmasa, sudga murojaat qilgan kishining davlat va jamiyatga nisbatan hurmati oshsa, sudga nisbatan hurmat munosabati qachon oshadi sudning qarori nafli bo‘lsa, nizoni hal etsa, ijro bo‘lsa, aziz insonga xizmat qilsa, ana shundagina odil sudlov degan tushuncha tez-tez aholi orasida ishlatiladigan bo‘ladi.

Aytmoqchimanki, bugungi AKT, zamonaviy ilg‘or innovatsiya, yangi texnologiya asrida qonunni qo‘llashni... sun’iy intellekt ham bemalol amalga oshiraveradi...

Bir so‘z bilan aytganda, sud faqat ishni qonunan to‘g‘ri hal etishi kerak degan normalar bilan birga, asosiy qonunimiz tamoyillariga binoan odil sudlovni sud hokimiyati amalga oshirishi, har uchala hokimiyatning esa, birdan bir manbai xalq ekanligi doim yodimizda turishi darkor.

Nuriddin MURODOV,

Toshkent shahar

Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyaning vazifasi avvalo nizoni hal etishdir