Sud’yalar va sud xodimlari bahslashdi
“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyat sudida sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Shaxmat va shashka musobaqalarida sudyalar va sud xodimlari aqliy salohiyatini sinab ko‘rgan bo‘lsa, stol tennisi o‘yinlarida epchil va chaqqonliklarini namoyish etdi.

Shaxmat bahsida viloyat sudining sudya katta yordamchisi Botir Normurodov birinchi, viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Rufat Begimov ikkinchi, Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi haydovchisi Ravshan Nurmanov uchinchi o‘rinlarni egalladi. Sportning shashka turi bo‘yicha birinchi o‘rin viloyat sudining sudya katta yordamchisi Ulug‘bek Panjiyevga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni viloyat sudining sudya katta yordamchisi Farhod Xushbaqov hamda viloyat sudining sudya katta yordamchisi O‘tkirjon Murotaliyev egalladi. Stol tennisi bellashuvlarida Surxondaryo viloyat sudi sudya katta yordamchisi Ramazon Nazarov g‘olib chiqdi. Viloyat sudi sudya katta yordamchilari Azamat Bayqobilov va Farhod Mirzaqulov ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.


G‘oliblarni viloyat sudi raisi Ablqosim Ro‘ziqulov diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri