| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Sudyalar korpusi yana to‘rt nafarga ko‘paydi

Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishida Sudyalar oliy maktabining yana to‘rt nafar bitiruvchisi ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi.
Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishida Sudyalar oliy maktabining yana to‘rt nafar bitiruvchisi ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Sattarov Ulmasjon Baxtiyorovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tumani sudining raisi lavozimiga;
Boltayev Asliddin Azimovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Pirnazarov Ruxiddin Xonnazarovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Hakimov Davlat Turobovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
O‘zA
Muallif: norgulabduraimova




