Sudyalar futbol maydonida bellashdi
Nukusda futbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda Orolbo‘yidagi barcha sudlarning sudyalari hamda sud xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va imkoniyatlarini namoyish etdi.

Ikki kun davom etgan musobaqada g‘oliblar aniqlandi. Finalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi iqtisodiy sudlov hay’ati hamda fuqarolik sudlov hay’ati jamoalari o‘zaro bellashdi. Qiziqarli o‘tgan musobaqa yakunida iqtisodiy sudlov hay’ati jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi kubogi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon”, “To‘purar o‘yinchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Musobaqa hamda nominatsiya g‘oliblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi kubogi, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA